Soʻx aeroporti — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi aeroport. Aeroport 2021-yilning 1-noyabr kuni ochilgan. Aeroportning umumiy maydoni 7 gektarni tashkil etadi. Aeroport majmuasining uchish va qoʻnish maydonchasining uzunligi 700 metr va eni 100 metrni tashkil etadi. Aviaqatnovlarni O‘zbekistondagi „Humo Air“ aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda „Oʻzbekiston havo yoʻllarining“ „Uzbekistan Helicopters“ MChJga qarashli MI-8 vertolotlari amalga oshiradi. Soʻx aeroportiga ilk parvoz Fargʻona xalqaro aeroportidan „Humo Air“ aviakompaniyasiga qarashli An-2P yoʻlovchi tashish samolyotida amalga oshirilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Farg‘onadan havoga koʻtarilgan layner soat 13:10 da Soʻx aeroportiga kelib qoʻngan. Layner parvozi 40 daqiqani tashkil qilgan.

Manbalar

Turkum:Fargʻona viloyati bino va inshootlari