David Datro Fofana (2002-yil 22-dekabr) – Kot-dʼIvuarlik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi va Kot-dʼIvuar terma jamoasining hujumchisi.
Klublardagi karyerasi
Dastlabki yillar Fofana karyerasini 2019-yilda mahalliy Abidjan City klubida boshlagan. Keyinchalik esa AFAD jamoasiga ijara asosida borib qoʻshiladi. U Fransiya, Belgiya va Norvegiya klublarining skoutlari eʼtiboriga tushadi. 2021-yilning 2-fevral kuni futbolchi Molde klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U Molde safidagi debyutini 2021-yil 18-fevralida Hoffenheim klubiga qarshi UEFA Yevropa ligasi doirasidagi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazadi va jamoasining 3-goli muallifiga aylanadi.
Chelsea 2022-yilning 28-dekabr Fofana Chelsea klubi bilan shartnoma imzolagani maʼlum qilindi. 2023-yilning 8-yanvar kuni Angliya kubogidagi Manchester City jamoasiga qarshi bahsda esa londonliklar safida debyut qiladi.
Union Berlin (ijara) 2023-yil 11-iyul kuni Fofana Bundesliga jamoasi Union Berlin bilan bir mavsumlik ijara shartnomasi imzoladi. Biroq futbolchi2024-yilning 11-yanvarida klub tomonidaChelsea safiga qaytarildi .
Burnley (ijara) Londonga qaytganidan ikki kun oʻtgach futbolchi Premyer-liganing Burnley jamoasiga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi.
Terma jamoadagi faoliyati Fofana 2019-yilning 22-sentyabrida Niger milliy terma jamoasiga qarshi bahsda terma jamoasi safidagi debyutini oʻtkazdi.
Statistika
Klub
+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarMolde2021Eliterien1802622022Eliterien24153922Umumiy42156524Chelsea2022–23Premyer Liga3040Union Berlin (ijara)2023–24Bundesliga121172Burnley (ijara)2023–24Premyer Liga154154Umumiy722010130
Terma jamoa
+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarKot-dʼIvuar201910202220Umumiy30
Sovrinlar Molde
Eliterien: 2022-yil Norwegian Cup: 2021-22
Manbalar
Havolalar
Chelsea FC veb-saytidagi futbochi Profili
Molde FK profillari
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Kot-dʼIvuarlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Burnley F.C. futbolchilari Turkum:Molde FK futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:1. FC Union Berlin futbolchilari Turkum:Burnley F.C. futbolchilari Turkum:Göztepe S.K. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar