Marko Regza (; 1999-yil 20-yanvarda tugʻilgan) – latviyalik futbolchi, Riganing „Virsliga“ klubi va Latviya terma jamoasida oʻynaydi.

Klub faoliyati Regza sportdagi ilk faoliyatini SK Babīte klubi yoshlar jamoasida boshlagan. 11 yoshida u oilasi bilan Fortuna Dyusseldorf akademiyasiga kirish uchun Germaniyaga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik u „Shalke 04“ klubi akademiyasiga oʻtgan. U 15 yoshigacha klubning yoshlar tizimida qoldi va mashgʻulotlarda olgan jarohati tufayli Latviyaga qaytishga majbur boʻlgan.

Regza 2016-yilda Virsliganing RFS jamoasiga qoʻshildi, ammo jarohatdan yana bezovta boʻla boshlagan.

Regza 2023-yilda Riga FK bilan 2025-yilning 31-dekabrigacha shartnoma imzolagan. Regza 2023-yilgi mavsumni Riga FK jamoasi tarkibida oʻtkazdi va oʻn toʻqqizta oʻyinda oʻn bitta gol urib, liga toʻpurarlar jadvalida ikkinchi oʻrinni egallagan. Oʻsha mavsumdagi oʻyinlari tufayli u Belgiya Pro-ligasining „Sint-Truidense VV“ klubiga oʻtishi mumkin edi.

Terma jamoadagi faoliyati Regja terma jamoadagi debyutini 2023-yilning 16-iyunida Turkiyaga qarshi UEFA Yevro 2024 saralash oʻyinida oʻtkazdi. Oradan uch kun oʻtib, xuddi shu musobaqada Armanistonga qarshi maydonga tushdi.

Terma jamoadagi statistikasi

Latviya terma jamoasi YilIshtGol 2023 2 0 Jami 2 0

Manbalar

Havolalar

Latviya futbol federatsiyasi profili UEFA profili

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Latviyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FK RFS futbolchilari Turkum:SK Super Nova futbolchilari Turkum:BFC Daugavpils futbolchilari Turkum:Riga FC futbolchilari Turkum:Latviya Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Latviya milliy terma jamoasi erkak futbolchilari