Salerno Trota – XII asrda Janubiy Italiyadagi Salerno shahrida yashagan mashhur shifokor olima. U ayollar salomatligi va tibbiyotiga bagʻishlangan asarlar yozib qoldirgan. Trota ning nomi oʻz davrida katta shuhrat qozonib, uning tibbiyotga bagʻishlangan asarlari Fransiya va Angliya kabi mamlakatlarga ham mashhurlikka erishadi.

Asarlari Trota tomonidan yaratilgan asarlar ayollar salomatligi, ayniqsa ginekologiya va akusherlikka oid boʻlib, uning ilmiy yondashuvlari oʻsha davr tibbiyotida yangi qirralarni ochgan. Trotaning asarlari „Trotula“ nomi bilan mashhur boʻlgan risolalar toʻplamiga kiritiladi. Biroq, bu toʻplam aslida uchta muallifning ishlarini oʻz ichiga olgan boʻlib, vaqt oʻtishi bilan „Trotula“ nomi xato bilan bitta shaxsning ismi sifatida qabul qilingan and Monica H. Green (2008) Making Womenʼs Medicine Masculine: The Rise of Male Authority in Premodern Gynaecology (Oxford: Oxford University Press) esp. chapters 1, 5, and 6.. „Trotula“ deb atalgan risolalar toʻplami XII asrdagi Salerno shifokorlarining asarlarini oʻz ichiga olganMonica H. Green (2007) "Reconstructing the Oeuvre of Trota of Salerno, " in La Scuola medica Salernitana: Gli autori e i testi, ed. Danielle Jacquart and Agostino Paravicini Bagliani, Edizione Nazionale 'La Scuola medica Salernitanaʼ, 1 (Florence: SISMEL/Edizioni del Galluzzo) , pp. 200-7; and Monica H. Green (2008) Making Womenʼs Medicine Masculine: The Rise of Male Authority in Pre-Modern Gynaecology (Oxford: Oxford University Press) , especially chap. 1.. Shunga qaramay, vaqt oʻtishi bilan „Trotula“ nomi bir muallifning ismi sifatida notoʻgʻri tushuncha paydo boʻlgan va Trota ismli shifokorning asarlari bilan chalkashtirilgan. Bu notoʻgʻri tushuncha Trotaning ismini, jinsini, ilmiy merosini notoʻgʻri talqin qilishga sabab boʻlgan.

Ilmiy yutuqlari Trota oʻz davrida va undan keyingi asrlarda ham katta mashhur olimalaridan biri sifatida qaraladi. Uning tibbiyotga qoʻshgan hissasi, ayollar salomatligi sohasidagi yangi yondashuvlari, oʻziga xos davolash usullari tufayli lotin tilida yozilgan asarlari shifokorlar uchun muhim manbaga aylanadiMontserrat Cabré i Pairet, „Trota, Tròtula i Tròtula: Autoria i autoritat femenina en la medicina medieval en català“ [Trota, Trotula and Tròtula: Female Authorship and Authority in Medieval Medicine in Catalan], in: Els Manuscrits, el saber i les lletres a la Corona d’Aragó, 1250-1500, ed. Lola Badia, Lluís Cifuentes, Sadurní Martí, Josep Pujol (Montserrat: Publicacions de l’Abadia de Montserrat, 2016), pp. 77-102 and 249-50 (abstract).. Bu asarlar keyinchalik turli mahalliy tillarga tarjima qilinib, 140 ga yaqin lotin tilidagi qoʻlyozma va 60 ga yaqin tarjima nusxalari saqlanib qolgan. Trota ning oʻziga xos ilmiy ishlari – „De curis mulierum“ („Ayollar uchun davolashlar“) va „Practica secundum Trotam“ („Trotaga koʻra amaliy tibbiyot“) – oʻz davrida va keyingi davrlarda tibbiyotda katta ahamiyatga ega boʻlganMonica H. Green (2008) Making Womenʼs Medicine Masculine: The Rise of Male Authority in Pre-Modern Gynaecology (Oxford: Oxford University Press) , chap. 6.. Bu asarlarda ayollar salomatligi, ayollarga xos kasalliklarni davolash usullari haqida qimmatli maʼlumotlar beriladi.

Trotaning Ilmiy Merosi Trotaning ilmiy merosi faqat Salerno shahrida emas, balki butun Yevropada keng tarqalganPierre Ruelle, ed., L’Ornement des Dames (Ornatus mulierum): Texte anglo-normande du XIIIe siècle. Le plus ancien recueil en français de recettes médicales pour les soins du visage, publié avec une introduction, une traduction, des notes et un glossaire (Brussels: Presses Universitaires de Bruxelles, 1967; and Monica H. Green (2007) "Reconstructing the Oeuvre of Trota of Salerno, " in La Scuola medica Salernitana: Gli autori e i testi, ed. Danielle Jacquart and Agostino Paravicini Bagliani, Edizione Nazionale 'La Scuola medica Salernitanaʼ, 1 (Florence: SISMEL/Edizioni del Galluzzo) , pp. 189-90 and 214-18.. Uning asarlari tibbiyotda ayollarga oid masalalarni chuqur oʻrganish va davolash usullarini rivojlantirishda muhim rol oʻynagan. Uning nomini notoʻgʻri talqin qilinishi tufayli paydo boʻlgan bahslar XVI asrda boshlangan va XX asrning oxirigacha davom etgan. Trotaning haqiqiy ishi va „Trotula“ risolalari toʻplami filologik tahlillar yordamida qayta baholanganMonica H. Green, ed. and trans. (2001) The 'Trotulaʼ: A Medieval Compendium of Womenʼs Medicine (Philadelphia: University of Pennsylvania Press) (ebook) (print), pp. 48-49.. Shu orqali Trotaning tarixiy shaxsi va uning ilmiy ishlari isbotlanib, zamonaviy ilm-fanda oʻz oʻrnini topganMonica H. Green (2008) Making Womenʼs Medicine Masculine: The Rise of Male Authority in Pre-Modern Gynaecology (Oxford: Oxford University Press) p. 62..

Shuningdek, qarang Salerno tibbiyot maktabi Ginekologiya Akusherlik

Manbalar

Tashqi havolalar Medieval Medicine: The Story of Trota and Trotula Trota of Salerno and Her Legacy

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:O'rta asrlar tarixi Turkum:Italiyalik shifokorlar