Abu Mansur Nizor () (955-yil 10-mayda tugʻilgan – 996-yil 14-oktyabrda vafot etgan) al-Aziz Billoh () – nomi bilan mashhur boʻlgan Fotimiylar sulolasining beshinchi xalifasi, 975-yildan 996-yilgacha yaʼni vafotiga qadar xalifa boʻlgan. Hukmronligi davrida Damashqning qoʻlga olinishi va Fotimiylar hududining Levantga qadar kengayishi Vizantiya imperatori Vasiliy II Bolgaroboysa bilan oʻrtasida Halab nazorati boʻyicha ziddiyatni keltirib chiqargan. Ushbu kengayish jarayonida al-Aziz koʻp sonli turkiy va daylam qul askarlarini oʻz xizmatiga olgan va shu tariqa oʻsha vaqtga qadar Kutama berberlaridan iborat Fotimiylar xalifaligi harbiy kuchlari tarkibiga oʻzgartirish kiritgan.
Biografiyasi Abu Mansur Nizor, boʻlajak al-Aziz Billoh 955-yil 10 mayda tugʻilgan. Otasi Fotimiylarning toʻrtinchi xalifasi al-Mu’iz li-dinillah () boʻlgan. Al-Mu’izzning bosh kanizagi boʻlgan onasi Durzon (al-Mu’iz xonim) nomi bilan mashhur boʻlib, kelib chiqishi badaviylardan boʻlgan. Durzon oʻzining goʻzal ovozi bilan tanilgan va (qushlarning sayrashi) laqabini olgan. U, shuningdek, meʼmorchilik ishlariga homiylik qilgan birinchi Fotimiy ayol sifatida ham tanilgan. Durzon 995-yilda vafot etgan.
974-yilda Abu Mansur Nizorning katta akasi, al-Mu’izzning merosxoʻri sifatida tayinlangan oʻgʻli Abdulloh ibn al-Mu’iz vafot etgach, Abu Mansur oʻzini merosxoʻr sifatida koʻradi. Al-Mu’izz 975-yilning 18-dekabrida vafot etgan, uning oʻlimidan bir kun oldingi kunga qadar hokimiyat vorisligi sulola va saroy aʼzolari oldida rasman tasdiqlanmagan edi. Abu Mansurning xalifa sifatida rasman eʼlon qilinishi 976-yilning 9-avgustiga qadar kechiktirilgan .
Boshqaruvi va iqtisodiyoti Manbalarga koʻra, al-Aziz Billoh boʻyi baland, sochlari qizil, koʻzlari moviy, juda saxiy, jasur, ot va ovni yaxshi koʻradigan, insonparvar va bagʻrikeng inson boʻlgan. U oʻzining hokimiyat boshqaruvidagi keng qarashlari, Fotimiylar davlati moliyasini isloh qilish, amaldorlarning ish haqini meʼyorlashtirish va tartibga solish, ularning halolligini taʼminlash choralarini koʻrishi bilan boshqa hukmdorlardan ajralib turgan. Shu bilan birga, u oʻzining gʻayrioddiy turmush tarzi va qimmatbaho buyumlar va materiallarga, kamyob hayvonlar va lazzatli taomlarga boʻlgan ishtiyoqi bilan mashhur boʻlgan. Aytishlaricha, bir safar unga pochtachi kabutarlar Baʼlabakdan gilos olib kelgan. Al-Aziz Billoh, shuningdek, Misr iqtisodiyotini ham rivojlantirgan va shu orqali koʻchalar va kanallarni kengaytirish, barqaror valyutani oʻrnatish orqali soliq tushumlari koʻpaygan. Uning xizmatlari umumiy iqtisodiy farovonlik ishlab chiqilgan qurilish dasturida ham yaqqol namoyon boʻlgan.
Al-Aziz Billoh hukmronligining 979-yilida Fotimiylar tarixidagi hokimiyatning eng yuqori lavozimi egasi, vazir Yaʼqub ibn Killis edi. Ibn Killis sharmanda boʻlgan ikki qisqa davrdan tashqari, 979 va 984-yillarda, 991-yilda vafotiga qadar al-Azizning bosh vaziri boʻlib xizmat qilgan. Ibn Killis ham xuddi al-Aziz kabi 100 000 oltin dinor maosh olgan va hashamatli hayot kechirgan. Ibn Killis xalifaning unga sarflagan katta mablagʻlarga qaramay, gʻaznani taʼminlovchi moliyaviy ishlarni ham mohirlik bilan boshqargan. Shuningdek, Ibn Killis adabiyot egalarining homiysi sifatidagi roli va Fotimiy qonunlari haqidagi kitob muallifi sifatida eʼtirof etilgan. Biroq Ibn Killisdan farqli oʻlaroq, undan keyingi amaldorlar ushbu lavozimda uzoq qolishmagan. Keyingi besh yil ichida vazir lavozimini olti kishi Ali ibn Umar al-Addas, Abu al-Fadl Jaʼfar ibn al-Furot, al-Husayn ibn al-Hasan al-Boziyar, Abu Muhammad ibn Ammor, al-Fadl ibn Solih va Iso ibn Nasturus ibn Suruslar egallagan.
Harbiy islohotlari Al-Aziz Billoh katta harbiy islohotlarni amalga oshirgan. Oʻsha vaqtga qadar Berberlar va Kutama qabilasi askarlari xalifalik qoʻshinining asosiy tayanchi boʻlgan. Al-Azizdan oldin Ifriqiyani egallashda hamda Misr va janubiy Levantni bosib olishda Berberlar va Kutama askarlari qoʻshinda asosiy rol oʻynagan. 970-yillarga qadar Kutama otliq qoʻshinlari slavyan va yunon askarlaridan, piyodalar qoʻshini esa qora tanli afrikalik qullardan iborat boʻlgan.
Biroq Levantga bosqinlar chogʻida asosiy qismini Kutama askarlari tashkil qiluvchi qoʻshinning zaif tomonlari koʻzga tashlandi. 978-yildan boshlab al-Aziz sharqdan yollanma askarlarni, ayniqsa turkiy va daylamiy qul askarlarini () qoʻshin tarkibiga kirita boshladi. Fotimiylar qoʻshini tarkibida tizimining qabul qilinishi katta va samarali natijalarga olib keldi. Turkiy askarlari tez firsatlarda xalifalikda yuqori lavozimlarni egallay boshladi. Oʻz taʼsir doiralarini kengaytirish maqsadida, ayniqsa, -yillarda ular Kutama askarlari bilan raqobatlasha boshlashdi. Al-Azizning oʻlimidan soʻng ochiq urushga aylanib ketgan va mos ravishda (gʻarbliklar) va (sharqliklar) deb nomlangan ikki guruh oʻrtasida shiddatli qarama-qarshilik paydo boʻldi.
Diniy siyosati Christian ibn Nesturusning yahudiy Manashsha kabi Suriya boshqaruvida kotib sifatida tayinlanishi Fotimiylarning diniy masalalardagi bagʻrikengligining yorqin namunasi boʻldi. Uning ikki ukasi, Orestes va Arsenius mos ravishda Quddus Patriarxi va Qohira mitropoliti yepiskopi etib tayinlandi. Qibtiy nasroniylari ham xalifaning xayrixohligidan foyda koʻrdilar. Musulmonlarning qarshiliklariga qaramay, Avliyo Merkuriy cherkovini qayta qurishga ruxsat berildi, nasroniylikni qabul qilgan musulmonlarni jazolash bekor qilindi. Ibn Nesturus va Manashshaning yuqori lavozimga tayinlanishi musulmon xalqining noroziligiga sabab boʻldi va ular orasida aylanib yurgan dushmanlik munosabatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada, xalifa qisqa vaqt ichida ikki vazirni ishdan boʻshatib, qamoqqa tashlashga majbur boʻldi. Biroq tez orada xalifalik boshqaruvidagi mahorati ularning ozod etilishini va oʻz lavozimlariga qayta tiklanishini taʼminladi. Xristianlarga qarshi adovat 996-yilda, Amalfi savdogarlari Qohiradagi arsenalni vayron qilgan yongʻin uchun javobgarlikda gumon qilinganida yaqqol namoyon boʻldi. Butun shahar boʻylab nasroniylarga qarshi pogromda Amalfitanlar oʻldirildi va cherkovlar talon-taroj qilindi.
Biroq bu bagʻrikenglik sunniy musulmonlarga nisbatan qoʻllanilmadi, chunki al-Azizning oʻzi ismoiliylar urf-odatlariga amal qilar edi. Xalifa mamlakatda sahobalarini qoralovchi yozuvlar oʻrnatdi, 982-yilda tarovih namozini bekor qildi va Qohirada Ashuro bayramini nishonlashni joriy qildi. 991-yilda uyidan sunniylarning Muvatta Imom Molik huquqiy risolasi topilgan odam qatl qilindi.
Al-Aziz hukmronligi madaniy jihatdan ham katta ahamiyatga ega boʻldi. Ibn Killis Qohirada al-Azhar universitetiga asos soldi (988). Ushbu universitet islom olamidagi eng muhim ilm markaziga aylandi. Xuddi shunday, Qohirada ham 200 000 jild kitob saqlanadigan kutubxona qurildi.
Professor Samy S. Swaydning soʻzlariga koʻra, Fotimiy missionerlari al-Aziz davrida xitoyliklarni oʻz harakatlariga daʼvat qilganlar.
Suriya hududlariga qadar kengayish ishlari right|thumb|302x302px|IX-X asrlardagi ilk islomiy davlatlardan biri Suriya va uning viloyatlari xaritasi Tashqi siyosatda al-Aziz Fotimiylarning Suriya ustidan nazoratini kengaytirishga eʼtibor qaratdi. Suriyani bosib olish harakatlari 969-yilda Fotimiylar Misrni bosib olgandan soʻng darhol boshlanib ketgan.
Tavsifi Suriya, xususan, Falastin yerlariga egalik qilish Fotimiylardan oldin ham, ulardan keyin ham Misrning koʻplab hukmdorlari uchun doimiy tashqi siyosatining asosiy maqsadi boʻlgan. Ular Gʻarbiy Osiyo imperiyalarining mamlakatga bostirib kirishi mumkin boʻlgan yoʻlni toʻsib qoʻyishni niyat qilgan. Fotimiylarning butun islom olamiga rahbarlik qilish hamda Iroq va islom diniga eʼtiqod qiluvchi sharqiy yerlarni zabt etish orqali Bagʻdod xalifaligini yoʻq qilish ambitsiyalari ularga Suriya va Falastinni zabt etish uchun qoʻshimcha turtki bergan. Shu bilan birga, mintaqadagi kuchlar muvozanati Vizantiya imperiyasi Halabning Hamdoniylar amirligiga qarshi shimoliy Suriyaga bir vaqtning oʻzida kengayishi bilan oʻzgartirildi va bu harakat 969-yilda Antioxiyani egallab olish bilan yakunlandi. Fotimiylar kofirlar tahdidiga qarshi yagona himoya chorasi jihod ekanligini daʼvo qilishdi. Biroq al-Aziz hukmronligining dastlabki davrida Fotimiylarning Suriyaga nisbatan olib borgan siyosatida vazir Ibn Killis hukmronlik qildi. Tarixchi Hugh Kennedyning soʻzlariga koʻra, Ibn Killis Fotimiylar Falastin va janubiy Suriyani nazorat qilishga eʼtibor qaratishlari kerak, deb hisoblagan.
Dastlabki muvaffaqiyatlarga qaramay, Kutama generali Jaʼfar ibn Falloh boshchiligidagi Fotimiylarning Suriyaga birinchi bosqini Damashq fuqarolari va Suriya choʻlidagi badaviy qabilalarining qoʻzgʻolonlari bilan tezda toʻxtatildi. 971-yilning avgust oyida Fotimiylar badaviylar va ularning qarmatiy ittifoqchilariga qarshi jangda magʻlubiyatga uchradilar. Bu esa Suriya va Falastin janubidagi Fotimiylar nazoratining deyarli butunlay qulashiga, 971 va 974-yilda qarmatiylarning Misrga bostirib kirishiga olib keldi.
Al-Aziz hokimiyat tepasiga kelgach, Damashq turk Alptakin tomonidan boshqarildi. Alptakin atigi 300 nafar turk safdoshlari bilan xalifalik qoʻshinida Kutama askarlarining yetarlicha kuchga emasligidan foydalangan holda hokimiyatni qoʻlga oldi. Janubda Falastin Fotimiylar nazorati ostida edi, lekin Banu Tayy qabilasining badaviy boshligʻi Mufarrij ibn Dagʻfal ibn al-Jarroh ularga qarshi chiqdi va viloyat markazi Ramlani ushlab turdi.
Damashqni qayta bosib olish 975-yilda al-Aziz sunniylik mazhabiga eʼtiqod qiluvchi Muhammad ibn Ahmad an-Nablusiy va uning izdoshlarining Fotimiylarga qarshi qoʻzgʻolonlarini bostirish maqsadida Baniyasni oʻz nazorati ostiga oldiWilson, John Francis. (2004) ibid p 122.
976-yilda Misrni zabt etgan fotimiy generali Javhar Damashqqa qarshi yurish qilgan. Biroq shahar oldida kechgan ikki oylik toʻqnashuvlardan soʻng Alptakinning qarmatiyalik ittifoqchilari ularga yordamga kelib, Javhar va uning qoʻshini ortga chekinishga majbur boʻlgan. Alptakin qoʻshinlari ortidan Javhar Tiberiya, Ramla va Askalongacha chekingan va aynan oʻsha yerda qamal qilingan. Oʻn yetti oy davom etgan qamal 978-yil boshida muzokaralar yoʻli bilan yakunlangan. Gʻazza toʻgʻridan-toʻgʻri Fotimiylar nazorati ostida qolgan. Javhar va uning odamlari Askalondan Misrga joʻnab ketayotganlarida magʻlubiyatga uchraganliklari sababli dushman askarlarining qilich va nayzalari ostida oʻtib, xoʻrlanishga majbur boʻlishgan.
Fotimiylar xalifalikning yuqori martabali aʼzolari, jumladan, Ibn Killisni Damashq atrofidagi muhim mulklardan mahrum qilgan ushbu haqoratli kelishuvni qabul qila olmadi. Natijada, al-Aziz 978-yil avgustida jang maydoniga shaxsan oʻzi kirib, ulkan qoʻshin boshida Alptakinni magʻlub etib, uni asirga oldi. Qarmatiylar Bahraynga chekinishlari uchun yillik soliq toʻlash vaʼdalari bilan pora oldilar va shu tariqa ularning Suriyaga bostirib kirishlarini toʻxtatib qoldilar. Keyinchalik xalifa kutilmaganda Alptakinga rahm-shafqat koʻrsatib, uni va uning turk izdoshlarini Fotimiylar xizmatiga oldi. Alptakinning oʻzi Qohiraga olib ketilib, u yerda xalifa tomonidan katta ehtirom koʻrsatildi. Bu esa Ibn Killisning hasadini uygʻotdi. Suriyada turk tizimi oʻziga xos nufuzga ega boʻlib oldi, ularning safida boʻlgan erkaklar esa Damashq hokimi lavozimini egallashdi.