„Issiqlik elektr stansiyalari" AJ (; ) — elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi oʻzbekistonlik davlat aksiyadorlik jamiyati. Jamiyat tarkibiga 5 ta issiqlik elektr stansiyasi, 3 ta issiqlik elektr markazi, soha korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi 3 ta tashkilot va „Toshkent issiqlik markazi" MCHJ kiradi.

2024-yilning 5-iyuniga koʻra „Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 13,310 trln soʻmni tashkil etgan.

Tarixi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli „Oʻzbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan „O'zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etilishi natijasida „Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati taʼsis etilgan.

2021-yil yanvar oyida jamiyat rahbariyati almashtirildi.

2025-yil aprel oyida prezident qarori bilan jamiyat tarkibidagi issiqlik elektr stansiyalarini xalqaro tenderlar orqali xususiylashtirish mexanizmi tasdiqlandi. Xususiylashtirish KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi ishlab chiqqan metodologiya asosida amalga oshiriladi.

2026-yil iyun oyida jamiyatning Toshkentdagi bosh ofis binosi 191,5 mlrd soʻmlik boshlangʻich narxda auksionga qoʻyildi.

Faoliyati Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, jamiyat tizimidagi korxonalar tomonidan 2022-yilda 55,5 mlrd kVt·soat elektr energiyasi va 5,3 mln Gkal issiqlik energiyasi, 2023-yilda esa 54,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi hamda 12,03 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan.

2026-yil avgust oyida Oʻzbekistonda elektr energiyasi tariflari ilk bor oshkor qilinganda, „Issiqlik elektr stansiyalari" AJ uchun ishlab chiqarish tarifi 1 kVt·soat uchun 834 soʻm etib belgilandi.

Rahbariyat Joʻrayev Bahodir Ibragimovich – AJ boshqaruv raisi; Axunov Ozod Odilovich – AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, kooperatsion aloqalarni kengaytirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari; Djurayev Abduhamid Turabbaevich – AJ boshqaruvi raisining iqtisod boʻyicha oʻrinbosari; Shaismatov Fayzulla Ergashevich – AJ boshqaruvi raisining investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.

Galereya

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti Rasmiy Facebook sahifasi Rasmiy Instagram sahifasi Rasmiy YouTube kanali Rasmiy Telegram kanali Rasmiy X sahifasi

Turkum:Oʻzbekiston energetika kompaniyalari Turkum:Oʻzbekiston energetikasi