Sir Keir Rodney Starmer (1962-yil 2-sentyabr, Sautvark) – britaniyalik huquqshunos va siyosatchi, Leyboristlar partiyasi rahbari. 2024-yilgi parlament saylovlaridan soʻng u Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan .
Tarjimasi holi Bolaligi
Kir 1962-yil 2-sentyabrda Londonda chilangarlik asboblarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi Rodni Starmer va Jozefina Starmerlar oilasida tugʻilgan. Kir Starmerning katta opasi Anna (1961-yil iyun oyida tugʻilgan) hamda egizak uka-singlisi Nikolay va Ketrin (1964-yil mart oyida tugʻilgan) bor. Kir tugʻilgandan koʻp oʻtmay, oila Okted shahriga (Surrey grafligi) koʻchib oʻtadi. 1974-yilda Kir Raigit savodxonlik maktabiga oʻqishga kiradi. Ushbu maktab 1976-yilda xususiy maktabga aylantiriladi. Kir musiqani oʻrganish uchun Guildholl musiqa maktabiga oʻqishga kirgan, nay chalishni yetarli darajada oʻzlashtirgan.
Manbalar
Turkum:Britaniyalik siyosatchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar