Is’hoq Darvish (1896—1974) – falastinlik siyosiy arbob, 1947-yilda Arab Oliy qoʻmitasi aʼzosi boʻlib ishlagan. Amakisi, mashhur arab millatchisi Amin al-Husayniyning yordamchisi sifatida tanilgan.
Yoshlik yillari va taʼlimi Is’hoq Darvish 1896-yili Falastinning Quddus shahrida tugʻilgan (oʻsha vaqtda Falastin Usmonli imperiyasi tarkibida boʻlgan). Keyinchalik Bayrutda tahsil olgan.
Mehnat faoliyati Oʻqishni tamomlaganidan soʻng, Darvish Birinchi jahon urushi paytida Usmonli armiyasiga qoʻshilganMuhammad Muslih (Summer 1987). „Arab Politics and the Rise of Palestinian Nationalism“. Journal of Palestine Studies. 16 (4): 90–91. doi:10.2307/2536721. JSTOR 2536721.. Urush tugaganidan keyin Quddusga qaytib kelgan va 1918-yilda Amin al-Husayniy raisligidagi Arab klubiga aʼzo boʻlgan. Tashkilotdagi faoliyatini 1920-yilda yakunlaganMichael R. Fischbach (2005). „Darwish, Ishaq“. In Philip Mattar (ed.). Encyclopedia of The Palestinians (Revised ed.). New York: Facts On File, Inc. p. 115. ISBN 978-0816057641.. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida musulmon-xristianlar uyushmasining birinchi kotibi lavozimida ham ishlagan.
Is’hoq Darvish birmuncha vaqt Amin al-Husayniyning yordamchisi boʻlib faoliyat yuritgan. Britaniyaning Falastindagi hukmronligi davrida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. U, shuningdek, 1932-yilda tashkil etilgan Mustaqillik partiyasining asoschilaridan biri edi. Muso Alamiy tomonidan 1936-yildan Italiya rasmiylari bilan boʻlgan uchrashuvlarda Falastindan vakil sifatida tayinlangan. 1940-yillarning boshida Amin al-Husayniy va Istanbuldagi arab surgunlari oʻrtasidagi muzokaralarni olib borgan. Is’hoq Darvish 1947-yilda Toʻrtinchi arab oliy qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan.
Hayotining keyingi yillari va oʻlimi 1948-yilgi Falastin urushidan keyin Falastinni tark etib, Bayrutga, undan keyin esa Londonga joylashgan. Is’hoq Darvish 1974-yilda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1974-yilda vafot etganlar Turkum:1896-yilda tugʻilganlar Turkum:Al-Husayniy oilasi