Bobur Farhodov (1996-yil 11-fevralda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi. FarDU klubi hujumchisi. Faoliyati Faoliyatini Nukusning Aral samali jamoasida boshlagan.

2018, 2021, 2024-yillarda Xorazm klubi tarkibida barqaror oʻyin koʻrsatgan.

2019–2020-yillarda Toshkentning Bunyodkor klubi safida Superligada debyut qilgan va jamoa tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

2020-yilda ijara asosida Buxoro klubida harakat qilib, chempionatda 1 ta gol urgan.

2021-yilda qisqa muddat Litvaning Minija klubi tarkibida legioner sifatida omadini sinab koʻrgan.

2022-yilda Soʻgʻdiyona va Metallurg klublari safida oʻynagan. Jizzaxliklar safida 8 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, Bekobod jamoasi tarkibida 7 ta oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylangan.

2023-yilda Andijon klubi safida chempionat doirasida 15 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

2026-yildan buyon FarDU klubi safida toʻp surmoqda.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasining 21-turi doirasida boʻlib oʻtgan Olimpik-Mobiuz — FarDU (2:2) uchrashuvida Bobur Farhodov noodatiy va kamdan-kam uchraydigan golga mualliflik qildi. Hujumchi dastlab oʻng qanotdan uzatilgan toʻpni shoʻngʻigan holatda (baliqcha uslubida) bosh bilan raqib darvozasiga yoʻlladi. Darvozabon bu zarbani qaytarishga erishdi, biroq maydonga yotgan holda inersiya bilan oldinga sirpanib ketayotgan Farhodov tezda moʻljal oldi. U oʻzidan orqada qolib qaytgan toʻpni maysada yotgan joyida, tovonlari bilan „chayon zarbasi“ orqali darvozaga joylab qoʻydi. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Minija futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:FC Aral Nukus futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari