Michael Emerson (1954-yil 7-sentyabrda tugʻilgan, Sidar Rapids, Ayova shtati) – amerikalik aktyor. U The Practice teleserialidagi qotil Wiliam Xinks, Lost Zep Hindle serialidagi Benjamin Linus rollari bilan mashhur boʻlgan.
Emerson ikki marotaba Primetime Emmy va Saturn mukofotini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, U CBS telekanalidagi Evil serialida doktor Leland Taunsend rolini oʻynagan. Michael Emerson bir marta “The Practice” filmidagi roli uchun (2000–2001) va ikkinchi marta “Lost ” filmidagi roli uchun Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan.
Hayoti Michael Emerson 1954-yil 7-sentyabrda Ayova shtatining Cedar Rapids shahrida Kerol Hensen va Ronald oilasida tugʻilgan. Emersonning bolaligi Ayova shtatining Toledo shahrida oʻtgan.
Emerson 1976-yil Ayova shtatining Des Moies shahridagi Universitetini tamomlagan. 1986-yilda Emerson Florida shtatining Jeksonvill shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda 1993-yilgacha Theatre Jacksonville va The Players by the Sea teatrlarida ishlagan. Shuningdek, u Flagler kollejida dars bergan .
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayt Turkum:XXI asr hind aktyorlari Turkum:Amerikalik televideniye aktyorlari Turkum:Amerikalik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1954-yilda tugʻilganlar Turkum:7-sentyabrda tugʻilganlar