Vengriya milliy futbol terma jamoasi (venger tilida: magyar labdarúgó-válogatott) – erkaklar xalqaro futbolida Vengriya sharafini himoya qiladi. Vengriyada futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Vengriya Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Milliy terma jamoa FIFAning global yurisdiksiyasi ostida va Yevropada UEFA tomonidan boshqariladi.
Vengriya yaxshi futbol tarixiga ega, terma jamoa uchta Olimpiya chempionligini qoʻlga kiritgan, 1938 va 1954-yilgi jahon chempionatlarida ikkinchi oʻrinni egallagan va 1964-yilgi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Vengriya 1950-yillarda sportda inqilob qildi, Total Footballning taktik asoslarini yaratdi va XX asrning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻlgan afsonaviy Ferents Pushkashni yetishirdi. FIFA har yili kalendar yilining „eng chiroyli“ golini urgan futbolchiga beriladigan mukofotini Pushkashga bagʻishlagan. Oʻsha davrda dunyodagi eng yuqori Futbol Elo Reytingiga ega boʻlgan. 1954-yilda 2230 ta oʻyin oʻtkazgan va ketma-ket 31 oʻyinda magʻlub boʻlmagan.
Vengriya jamoasi 1986-yilgi Jahon chempionatida boshlab qolgan chempionatlrda yaxshi ishtirok etolmadi. Oʻttiz yil davomida yirik turnirda ishtirok eta olmadi va 1996-yilda FIFA reytingidagi eng past (87) reytingga erishdi, shuningdek, Yevroda oʻz guruhida oltinchi oʻrinni egalladi. Keyinchalik ular 2016, 2020 va 2024-yillarda ketma-ket uchta Yevropa chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Jamoa a'zolari
Eng yaxshi toʻpurarlar
DarajaIsmGolIshtirokNisbatFaoliyati1Ferenc Puskás (list)84851945–19562Sándor Kocsis (list)75681948–19563Imre Schlosser (list)59681906–19274Lajos Tichy51721955–19715György Sárosi42621931–19436Nándor Hidegkuti39691945–19587Ferenc Bene36761962–19798Gyula Zsengellér32391936–1947Tibor Nyilasi32701975–198510Flórián Albert31741959–1974
Manbalar
Havolalar of the Hungarian Football Federation Hungary at UEFA Hungary at FIFA Tickets related to the Hungary National Football Team (En/Hun) Old crests of the Hungary National Football Team (En/Hun) Every Olympic match with theHungary National Football Team (En/Hun) National Team (some statistics) (Hun) RSSSF archive of results 1902– RSSSF archive of most capped players and highest goalscorers (archived 19 October 2006) RSSSF archive of coaches 1902– IFFHS Archive: 1902–1910 Hungary in World Cups/Planet World cup/ Aranycsapat – 'The Golden Team' (Hun) (archived 4 October 2007) sportmuzeum (archived 4 January 2007) Hungarian goals (Magyar Gólok) (archived 1 February 2008)