QWER (koreyscha:최애의 아이들) – 3Y Corporation va Tamago Production leybllari bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi Janubiy Koreyalik qizlardan tashkil topgan musiqiy guruh. Guruh 2023-yil 18-oktabrda „Harmony from Discord“ albomi bilan debyut qilgan.

Guruh nomi Guruhning inglizcha nomi QWERTY klaviaturasidan olingan boʻlib Q, W, E va R harflari „League of Legends“ kabi onlayn oʻyinlarda ishlatiladigan asosiy kalit soʻzlardan biridir.

Guruhning asl nomi „i-i-i-i-eu-deu“ („mening sevimli idealim“ deb tarjima qilinadi) „Oshi no Ko“ seriyasiga ishora hisoblanadi.

Karyerasi Shakillanishi Guruh „QWER Project“ YouTube loyihasi orqali faqatgina qizlardan iborat guruhni yaratish maqsadida tashkil etilgan. Loyiha YouTuber va veb-kontent yaratuvchisi Kim-Gyeran tomonidan 3Y Corporation va Tamago Production kompaniyalari bilan hamkorlikda boshlangan. „QWER Project“ loyihasi toʻrt aʼzoning guruhga qoʻshilishi, mashgʻulotlari va kundalik hayotini kuzatib bordi.

Debyutdan oldin aʼzolarning har biri allaqachon onlayn martabaga ega boʻlgan. Chodan va Magenta Twitch tarmogʻida faol foydalanuvchilar edi. Hina TikTokda mashhur kontent yaratuvchi va kosplayer edi. Siyeon esa NMB48 guruhining sobiq aʼzosi boʻlgan.

2023-yildan hozirgacha: „Harmony from Discord“ bilan debyut QWER guruhi 2023-yil 18-oktabrda „Harmony from Discord“ albomi bilan debyut qildi. Albomdagi qoʻshiqlar birinchi boʻlib Seuldagi Musinsa Garajidagi debyut namoyishi chogʻida ijro etilgan. „Discord“ bosh treki Spotifyning „Viral 50 – Yaponiya“ turkumida 5-oʻrinni egalladi. U YouTube Music platformasining „Koreaning haftalikdagi eng yaxshi qoʻshiqlari“ chartida 88-oʻrinda debyut qilgan va 21 hafta davomida chartda qolgan.

2024-yil 18-martda biroz tanaffusdan soʻng guruh oʻzining boʻlajak qaytishini eʼlon qildi. Eʼlon qilingan kuni QWER guruhi aʼzolari harbiy bazaga tashrif buyurdi va oʻzining boʻlajak mini-albomidan hali chiqmagan „Worry Addition“ singlini ijro etdi. Ularning birinchi EP Manitosi 2024-yil 1-aprelda chiqdi.

Aʼzolari Chodan (Q; 쵸단) – baraban, vokal Magenta (W; 마젠타) – bass Hina (E; 히나) – gitara, klaviatura Siyeon (R; 이시연) – gitara, vokal

Diskografiyasi Singllari + Nom Yil Oʻrin AlbomKORPeak positions on the Circle Digital Chart:

„Discord“: „Discord“ 2023-yil 34 Harmony from Discord „Worry Addiction“ () 2024-yil Manito

Boshqa chartlardagi taronalari + Nom Yil Oʻrin AlbomKORPeak positions on the Circle Download Chart:

„Harmony of Stars“: „Harmony of Stars“ () 2023-yil 57 Harmony from Discord

Filmografiyasi Veb shoulari Yil Nom Izoh Inglizcha Koreyscha 2023-yil QWER Project 최애의 아이들 QWER aʼzolarini tanishtiruvchi YouTube seriyasi

Manbalar

Turkum:Musiqiy guruhlar Turkum:Koreya musiqiy guruhlari Turkum:Koreya madaniyati