Slavomir Abramovich (; 2004-yil 9-iyun, Varshava, Polsha) – polshalik futbolchi, „Yagelloniya“ klubi darvozaboni.

Klub karyerasi Slavomir Abramovich Varshava futbol maktabi bitiruvchisi. 2020-yil 1-iyulda u „Poloniya“ klubiga (Varshava) oʻtdi. Slavomir klubdagi debyutini 2020-yil 10-oktabrda 10-turda „Vasilkuv“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Futbolchi klub safida jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta golni oʻtkazib yubordi va 6 ta golsiz oʻyin qayd etgan.

2021-yil 23-avgustda u „Yagelloniya“ futbol klubiga oʻtdi. Slavomir ikkinchi jamoadagi debyut uchrashuvini 8-sentyabr kuni Svit jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Birinchi gol oʻtkazmagan oʻyini „Falcon“ klubiga qarshi oʻyin boʻldi.Futbolchi 2023-yil 11-mart kuni Ekstraklasaning 24-turi doirasidagi Górnik (Zabrze)ga qarshi oʻyinda „Yagelloniya“ futbol klubi safida debyut qildi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar