Oydin Yusupova (15-noyabr 1984-yil, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek aktrisasi va xonandasi.

Hayoti Oydin Yusupova 1984-yil 15-noyabrda Jizzax viloyatida tavallud topgan. Ularning oilasida jami olti farzand (toʻrt qiz, ikki oʻgʻil) boʻlib, Oydin Yusupova ikkinchi farzand hisoblanadi. Singlisi Shahnoza Yusupova. Oydin Yusupova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili filologiyasi yoʻnalishida tahsil olgan, lekin bu yoʻnalishda faoliyatini davom ettirmasdan sanʼat sohasiga kirib kelgan. U dastlab „Koʻzlaring mayus“ filmida oilasidan yashrincha roʻl oʻynagan va shu roʻli sababli koʻpchillika tanilgan. 2007-yilda „Vijdon“ filmidagi roʻlidan keyingina otasi Sharif Yusupov aktrisa boʻlishiga ruxsat bergan.

2010-yilda tovlamachilikda ayblanib, sud qarori boʻyicha besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Keyinchalik hukm bir yillik shartli jazoga almashtirilgan. 2012-yildan boshlab “Fayruz” guruhi bilan “Afsus” nomli duet aytib, xonandalik faoliyatini ham boshlagan. Undan soʻng „Kel“ nomli qoʻshiq aytgan va unga klip olib, muxlislariga taqdim etgan. Otasi Sharif Yusupovning vafotidan soʻng 2016–2022-yillar oraligʻida filmlarda suratga tushmay qoʻygan. Oydin Yusupova turmushga chiqmagan, lekin sevgan insoni borligini maʼlum qilgan.

Filmografiyasi +YilNomiObrazIzohKoʻzlaring mayus2007VijdonDilfuza rolida2008ShabnamHosiyat roʻlidaBosh rol2009OshiqlarAda emas, dadaEpizod2010Jiyda guliLaylo, Azim Joʻrayevichning qizi roʻlida2011Devona farishtaOdinaBosh rol2012OqpadarAfsusAnoraBosh rol2014Faryod 2: MerosxoʻrBosh rol2015Toʻqlikka shoʻxlikMalika AliyevaBosh rolYetti olam2016Seni sevdim2022Hayot kitobiSerial2024День семьиSerial

Diskografiyasi +YilNomiShoir(a)BastakorIzoh2012Afsus“Fayruz” guruhi bilan duetKel

Manbalar

Havolalar

Turkum:15-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Jizzax viloyatida tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar