Nico Cedric Schlotterbeck (1999-yil 1-dekabr) – Germaniyalik professional futbolchi, Bundesliga jamoasi Borussia Dortmund va Germaniya milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi.

Karyerasi

SC Freiburg Schlotterbeck 2019-yil 9-mart kuni SC Freiburg safida katta futboldagi debyutini oʻtkazadi. U Hertha BSCga qarshi oʻyinida Filipp Lienhart oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga qoʻshiladi. Freiburg safidagi soʻnggi oʻyinda DFB-Pokal finalda magʻlubiyatga uchraydi, shunga qaramasdan Schlotterbeck finalning eng yaxshi oʻyinchisi sovriniga sazovor boʻldi.

Union Berlin (ijara) 2020-yil 31-iyul kuni Schlotterbeck Union Berlin jamoasi bilan bir yillik ijara shartnoma imzolaydi.

Borussia Dortmund 2022-yil 2-may kuni Borussia Dortmund Schlotterbeck bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Bu transfer asalarilar uchun 25 million yevroga tushgan.

Terma jamoadagi faoliyati Schlotterbeck 2021-yil sentyabr oyida FIFA Jahon chempionati saralash bahslarida murabbiy Hansi Flick boshqaruvidagi Germaniya milliy terma jamoasidan ilk chaqiruvni oladi. U oʻzining debyutini 2022-yil 27-mart kuni Isroilga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazadi. Keyinchalik esa 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatining yakuniy qaydnomasiga ham kiritiladi.

Schlotterbeck UEFA Yevro 2024 turnirida ham terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan.

Shaxsiy hayoti Schlotterbeck Freiburg safida toʻp surgan sobiq professional futbolchi Niels Schlotterbeckning jiyani. Uning akasi Keven ham professional futbolchi boʻlib, hozirgi kunda Freiburg safida toʻp surmoqda.

Statistikasi

Klub

+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSC Freiburg II2018–19Regionalliga Südwest2422422019–20Regionalliga Südwest1010Umumiy252252SC Freiburg2018–19Bundesliga40402019–20Bundesliga1301402021–22Bundesliga324384Umumiy494564Union Berlin (ijara)2020–21Bundesliga161172Borussia Dortmund2022–23Bundesliga2843942023–24Bundesliga332482Umumiy616876Umumiy1511318514

+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarGermaniya202280202330202410Umumiy120

Sovrinlar SC Freiburg

DFB-Pokal finalchisi: 2021-22

Borussia Dortmund

UEFA Chempionlar ligasi finalchisi: 2023-24

Germaniya U-21

UEFA U-21 Yevropa chempionati: 2021

Manbalar

Havolalar

Nico Schlotterbeck Borussia Dortmund saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari

Turkum:Germaniya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Germaniya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari