2024-yil 12-iyun kuni Kongo Demokratik Respublikasining gʻarbiy qismidagi May-Ndombe provinsiyasida joylashgan Kongo daryosining irmoqlaridan biri boʻlgan Kva daryosida kema choʻkib ketishi natijasida, kamida 86 kishi, jumladan 21 bola halok boʻladi.
Tarixi
Kunning ikkinchi yarmida bortida jami 272 yoʻlovchi boʻlgan ikkita kema Mushi portidan joʻnab ketadi. 6 soatdan keyin ulardan birining dvigateli toʻxtab qoladi, qorongʻuda kema toshlarga urilib, choʻkib ketadi. Ikki kemadan 185 kishi qirgʻoqqa yetib keladi. Qolgan yoʻlovchilarni qidirish ishlari davom ettiriladi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bedarak yoʻqolganlarning barchasi halok boʻlgan.
Tekshiruv
Kongo prezidenti Feliks Tshisekedi hukumatga kema choʻkishi sabablarini oʻrganish va aniqlashni hamda kelajakda shu kabi hodisalarning oldini olish uchun barcha choralarni koʻrish vazifasini topshirdi.
Manbalar
Turkum:2024-yil Iyun oyida sodir boʻlgan voqealar