Akdeniz Turkiyaning Mersin viloyatidagi munisipalitet va tumandirBüyükşehir İlçe Belediyesi , Turkey Civil Administration Departments Inventory. Retrieved 12 July 2023.. 2022-yil hisobiga koʻra, uning maydoni 265 km.kvni va aholisi 255 946 kishini tashkil qiladi. Mersin shaharning markaziy va sharqiy qismini hamda unga tutash qishloqlarni ham oʻz ichiga oladi.
Tarixi Akdenizga 1993-yilda ikkinchi darajali munitsipalitet sifatida asos solingan. 2008-yilda Akdeniz tumani Mersinning sobiq markaziy tumanining bir qismidan Mezitli, Toroslar va Yenishehir tumanlari bilan birga tashkil etilgan. Shu bilan birga, sobiq Adanaliogʻlu, Bahcheli, Dikilitaş, Karacailyas, Kazanli, Yenitashkent, Bagjilar va Huzurkent munitsipalitetlari Akdeniz munitsipaliteti tarkibiga qoʻshildiKanun No. 5747, Resmî Gazete, 22 March 2008. .2013-yilda Turkiya mahalliy hokimiyatini qayta tashkil etishda tumanning qishloq qismi munitsipalitetga birlashtirildi, qishloqlar esa mahallaga aylandi.
Joylashuvi Akdeniz shimoldan Toroslar va gʻarbdan Yenişehir tumanlari, janubdan Oʻrta yer dengizi, gʻarbdan esa Müftü daryosi bilan chegaralangan.
Tadbrikorlik Hukumatning aksariyat idoralari, shuningdek, Mersin gubernatori va Buyuk Mersin meri oʻrinlari ham Akdenizda joylashgan. Akdeniz shahri ishbilarmonlik markazlarini ham oʻz ichiga olibgina qolmay Mersin temir yoʻl stantsiyasi, port, erkin port va dengiz hokimiyati, shuningdek, kema va bojxona agentliklari ham ushbu tumanda joylashgan. Mersin porti esa Turkiyadagi eng katta port hisoblanadi. Port, asosan, eksport uchun xizmat qiladi. Port hududida 100 ming tonna don silo va oʻgʻit fabrikasi mavjud. Akdenizning sharqida sanoat hududi, neftni qayta ishlash zavodlari va shisha, sement, ferrokrom va soda zavodlari ham mavjud.
Tarkibi Akdeniz tumanida 65 ta mehmonxona mavjudMahalle , Turkey Civil Administration Departments Inventory. Retrieved 12 July 2023.:
Abdullahşahutoğlu Adanalıoğlu Adnan Menderes Akdam Akdeniz Anadolu Aşağı Burhan Bağcılar-Ihsaniye Bağlarbaşı Bahçe Bahşiş Barış Bekirde Camili Camişerif Çankaya Çay Çilek Civanyaylağı Cumhuriyet Demirhisar Dikilitaş Emek Esenli Evci Evren Gazi Gündoğdu Güneş Hal Hamidiye Hebilli Hürriyet Iğdır İhsaniye Karacailyas Karaduvar Kazanlı Kiremithane Köselerli Kulak Kültür Kürkçü Limonlu Mahmudiye Mesudiye Mitatpaşa Müfide Ilhan Nacarlı Nusratiye Özgürlük Parmakkurdu Puğkaracadağ Şakirgülmen Sarıibrahimli Şevket Sümer Siteler Toroslar Turgut Reis Üçocak Yanpar Yenimahalle Yeşilçimen Yeşilova Yukarı Burhan
Boshqa qiziq boʻlishi mumkin boʻlgan saytlar
Mersin Atatürk muzeyi Mersin davlat sanʼat va haykal muzeyi Mersin shahar tarixi muzeyi
Galereya
Manbalar va izohlar
Tashqi havolalar . Turkum:Turkiyaning metropolitan tuman munisipalitetlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda