Girkê Legê () Suriyaning Hasaka muhofazasida joylashgan shaharcha. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Girkê Legê aholisi 15,759 kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Al-Hasakah Governorate. . Kurdlarning „Rudav“ axborot agentligi xabariga koʻra, prezident Hofiz Asad boshqaruvidagi Baas partiyasi shahar nomini Girkê Legê deb oʻzgartirgan. Shaharcha Iroq chegarasidan 35 kilometr, Turkiya chegarasidan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan. 2004-yil holatiga koʻra, Girkê Legê Hasaka muhofazasining sakkizinchi eng yirik shahari boʻlgan. Shaharcha aholisining katta qismini kurdlar va ossuriylar tashkil qiladi.

Suriya fuqarolar urushi

2012-yil 24-iyulda PYD Suriya xavfsizlik kuchlari Al-Muabbadadan chiqib ketganini e’lon qilgan. Shundan soʻng YPG kuchlari barcha davlat muassasalarini nazoratga olib, shahar butunlay PYD nazoratiga oʻtgan.

2022-yil 27-sentyabrda 2 nafar SDK jangchisi Turkiya dronining shaharchadagi avtomobilga zarbasi natijasida halok boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Al-Malikiya okrugi aholi punktlari Turkum:Suriyadagi shaharlar Turkum:Suriyadagi kurd jamiyati