Azim Shukurovich Latipov (1951-yil 6-iyun, Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2025-yil 6-iyun, Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) – fermer, chorvachilik mexanigi, Oʻzbekiston Qahramoni (2002). Hayoti va mehnat faoliyati 1951-yil 6-iyun Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Buxoro viloyati Shofirkon tumani (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Shofirkon tumani) da tavallud topgan.
Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xoʻjaligida boshlagan. Buxoro viloyatida paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan. Dehqonchilikda esa eski qovun navlarini qayta yaratish, hosildorlikni oshirish kabi faoliyat bilan ham shugʻullangan. 1996—2007-yilarda Buxoro jamoa xoʻjaligi lavozimida faoliyat yuritgan.
1996-yil „Shuhrat medali“, 2002-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan. Uch bora Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylangan.
Fermer bir qator xayriya ishlari bilan ham shugʻullanib keladi.
2004—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan. 2004-yildan Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi deputati boʻlgan. 2025-yil 6-iyun kuni vafot etgan. Oilasi Oilali. Bir oʻgʻil, toʻrt qizning otasi. Mukofotlari 1. 1996-yil – „Shuhrat medali“,
2. 2009-yil – Vatan mustaqilligini mustahkamlash, jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik qahramonona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi uchun – „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni.
Yana qarang Oʻzbekiston Qahramonlarining roʻyxati Adabiyotlar
Manbalar