Leny Olivier Yoro (2005-yil 13-noyabrda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Liga 1ning „ Lill“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi

Dastlabki faoliyat davri Leni Yoro 2005-yil 13-noyabrda Fransiyaning Sen-Moris shahrida tugʻilgan va dastlabki yillarini Alfortvilda oʻtkazgan. Uning otasi orqali Ivuardandir. Besh yoshida u Alfortvilda futbol oʻynay boshlagan, u yerda oilasi bilan Lillga koʻchib oʻtishdan oldin bir mavsum davomida qolgan. Keyinchalik oʻzi katta boʻlgan shahar Villeneuve-d’Ascqda futbol oʻrganishni davom ettirdi va nihoyat 2017-yilda Lillning yoshlar tizimiga qoʻshilgan.

Klub faoliyati Yoro 2022-yilda „Lill“ oʻrinbosarlari tarkibida debyut qilgan va 2022-yilning 10-yanvarida klub bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini tezda imzolagan.

2023-yil 24-avgustda Yoro 2023-24-yilgi Konferensiya ligasi pley-off bosqichining birinchi oʻyinida Rijeka ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, klubdagi ilk golini kiritgan. Bir oy oʻtib, 16-sentyabr kuni u oʻzining birinchi Liga 1 golini „Lill“ safida „Renn“ ga qarshi safarda (2:2) kiritgan.

Terma jamoadagi faoliyati Yoro Fransiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi boʻlib, Fransiya U17 terma jamoasini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarJamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaroJamiDivisionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolLille B2021–22Championnat National 390——902022–23Championnat National 340——40Jami130——130Lille2021–22Ligue 1100000102022–23Ligue 113020—1502023–24Ligue 13223091443Jami4625091603Umumiy faoliyat5925091733

Yutuqlar

Individual

UNFP Ligue 1 Yil jamoasi: 2023–24

Manbalar

Havolalar

Profile Manchester United F.C. rsamiy

Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Lille OSC futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar