Xrabek qishlogʻi (Xirabek) — Andijon viloyati Andijon tumanidagi qadimiy qishloq. Qadimgi turkiy tilda „kara“, „xara“ tepalik, oʻrtacha baland doʻnglik maʼnosida keladi. Darhaqiqat, Xirabek qishlogʻi adirlar yonbagʻrida joylashgan. „Boburnoma“da „xarabuk“ deb yozilgan. „Xirabek“dagi „bek“, bizningcha, tepaliklarning balandrogʻi degan maʼnoda qoʻshilgan boʻlsa kerak. Xrabek qishlogʻi Andijon shahrining sharqiy tomonida, Yangi Andijon shahriga yaqin hududda joylashgan. Xrabek qishlogʻi tarkibiga Doʻngqishloq, Kengash, Saddatagi mahalla fuqarolar yigʻinlari kiradi. Xrabek qishlogʻining janubida Andijon-Janubiy stansiyasi mavjud. Manbalar

Turkum:Andijon viloyati qishloqlari