thumb| 2019-yilgi koʻrgazmadan fotosurat, Maltadagi yoki Malta bilan aloqasi boʻlgan ayol rassomlarning Valletta shahridagi Spazju Kreattiv koʻrgazmasi. Jean Zaleski (tugʻilgan vaqtdagi ismi: Jean Busuttil, shuningdek, Jean Busuttil Zaleski nomi bilan ham tanilgan; Birkirkara, Malta, 1920-yil 11-aprel – 2010-yil 2-may) – hayotining koʻp qismini Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻtkazgan maltalik ayol rassom. Uning ishi AQSh va Maltadagi bir nechta koʻrgazmalarda namoyish etilgan.
Hayoti Jean Busuttil Birkirkara shahrida 1920-yil 11-aprelda tugʻilgan. U oiladagi 11 nafar farzandning eng kichigi boʻlgan. 8 yoshida Jean Zaleski oilasi bilan AQShga koʻchib ketgan.
Taʼlimi va mukofotlanishi Jean Zaleski Amerika Qoʻshma Shtatlarining Filadelfiya shahridagi Mur sanʼat va dizayn kollejida, Nyu-Yorkdagi Pratt instituti, Parsons dizayn maktabi va Sanʼat talabalari ligasida rassomlik yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. 1986-yilda u Ayollar Milliy Tashkilotining rassomchilik sohasida Susan B. Anthony mukofotini qoʻlga kiritgan va Prezident Jimmy Carter tomonidan 1975-yilda besh nafar rassom ayollar delegatsiyasi tarkibida Oq uyga taklif qilingan[ yaxshiroq manba kerak ]
Ish faoliyati Jean Zaleskining rasmlari hayoti davomida va vafotidan keyin ham turli koʻrgazmalarda namoyish etilgan.
Badiiy koʻrgazmalardan tashqari, uning rasmlari kitoblarda ham chop etilgan. Ushbu nashrlar ikki toifaga boʻlinadi: alohida rasmlar toʻplami va adiblarning kitoblari, koʻpincha ularning har ikkalasi birlashtirilgan holatda chop etiladi. Rassomning Edwing Honig sheʼrlari bilan chiqarilgan rasmlar kitobi shunday yaratilganki, uni oddiy ikki sahifali yoyilgan yoki butun ochilgan holatda koʻrish mumkin. Shuningdek, F. D. Reeve asari uchun ham Jean Zaleskining suratlari illyustratsiya sifatida qoʻllangan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:2010-yilda vafot etganlar Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:Maltalik ayol rassomlar Turkum:Maltalik ayollar Turkum:Maltalik sanʼatkorlar Turkum:Maltalik ayol sanʼatkorlar