Harald Tammer (9-yanvar, 1899-yil, Revel – 6-iyun 1942-yil, Unjlag, Gorkiy viloyati) – estoniyalik jurnalist, jamoat arbobi, yengil atletikachi va ogʻir atletikachi. Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempioni, sobiq estoniyalik rekordchi va Parijdagi Olimpiya oʻyinlari medali sovrindori (1924)Harald Tammer. chidlovski.net. Biografiyasi Harald Tammer 1899-yil 9-yanvarda Revelda (Rossiya imperiyasi) tugʻilgan. Sportdagi faoliyati 1912-yilda sport bilan shugʻullana boshlaydi. Uch yil oʻtgach, Tallinndagi Kalev jamoasiga qoʻshiladi va uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan yengil atletikachi boʻlib, yadro uloqtirishda alohida muvaffaqiyatlar koʻrsatadi. thumb| Yadro uloqtirayotgan Harald Tammer. Fotosuratchi Karl Hugo Akel 1916-yilda yadro uloqtirish boʻyicha Rossiya chempionatining kumush medali, disk va bolgʻa uloqtirish boʻyicha bronza medali sovrindori boʻladi. Birinchi jahon urushi paytida koʻngilli ravishda frontga joʻnaydi va keyinchalik Estoniya mustaqillik urushida qatnashadi. 1920-yilda Antverpendagi Olimpiya oʻyinlarida Estoniya terma jamoasining bayroqdori boʻlganEstonia. sports-reference.com va yadro uloqtirishda 6-oʻrinni egallagan. 1920-yillardan boshlab ogʻir atletika bilan shugʻullanadi. 1922-yilda oʻz uyi Tallinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1923-yil holatiga koʻra, uning otish boʻyicha eng yaxshi natijasi 14,15 m, bolgʻa uloqtirishda 37,18 m, disk uloqtirishda esa 41,06 m boʻlgan. 1920-yillarda Tammer jahon reytingida kuchli oʻntalikka kirgan. 1924-yilda Parijdagi Olimpiya oʻyinlarida Harald Tammer ogʻir atletika boʻyicha 82,5 kilogrammdan ortiq vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi. Xuddi shu Olimpiya oʻyinlarida yadro uloqtirish musobaqasida qatnashib, oʻn ikkinchi oʻrinni egallaydi. Tammer 1922-yildan 1924-yilgacha ogʻir atletika boʻyicha uch marta Estoniya chempioni boʻlgan va oʻn beshta milliy rekordni oʻrnatgan. 1924-yildan keyin murabbiylik bilan shugʻullanadi, 1928 va 1936-yilgi Olimpiya oʻyinlariga estoniyalik sportchilarni tayyorlaydiHarald Tammer. sports-reference.com. Ogʻir atletika boʻyicha ham hakamlik qilgan.

Sportdan tashqaridagi faoliyati 1921—1928-yillarda Xarald Tammer Eesti Spordileht muharriri, 1933—1940-yillarda Eesti Päevaleht, 1940-yilda Revue Baltique jurnaliga muharrirlik qilgan. 1928-yildan 1940-yilgacha Jurnalistlar uyushmasi va Sport matbuot klubi boshqaruvi aʼzosi, 1932 va 1940-yillarda Boltiqboʻyi matbuoti uyushmasining raisi va Estoniya Olimpiya qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan. 1937-yildan Riigikogu (milliy majlis) aʼzosi boʻladi.

Oʻlimi 1941-yil fevral oyida Harald Tammer NKVD tomonidan hibsga olindi va bir yarim yil oʻtgach, 1942-yil 6-iyunda Gorkiy viloyati, Semyonov shahri Suxobezvodnoye temir yoʻl stantsiyasi yaqinidagi Unjlag lagerida vafot etadiTammer, Harald. Eesti spordi biograafiline leksikon. Manbalar

Turkum:Birinchi jahon urushi qatnashchilari (Rossiya) Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:6-iyunda vafot etganlar Turkum:1899-yilda tugʻilganlar Turkum:9-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar