Dolní Lutyně (polyakcha: Lutynia Dolna, , Nieder Leuten) – Chexiya Respublikasi Moraviya-Sileziya viloyatining Karvina tumanida joylashgan munisipalitet. Munitsipalitetda (01.01.2024) holatiga koʻra 5300 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Maʼmuriy qismlar thumb| Munitsipal idora Věřňovice qishlogʻi Dolni Lutinening maʼmuriy qismidir.

Joylashuvi Dolní Lutyně – Karvinádan taxminan shimoli-gʻarbda, Ostravadan esa shimoli-sharqda Polsha bilan chegarada joylashgan. Ostrava havzasi, Cieszyn Sileziyaning tarixiy yodgorligi hisoblanadi. Munitsipalitetning chegaraviy hududini Olza daryosi tashkil qiladi. Qum karyerini suv bosishi natijasida yaratilgan bir nechta suv havzalari va sunʼiy koʻllar mavjud.

Olza daryosi atrofida ikkita tabiat yodgorliklari boʻlgan sohilboʻyi oʻrmonlar mavjud. Bular Věřňovice va Niva Olše – Věřňovice.

Tarixi Qishloq Orlová monastiridagi Benediktin rohiblari tomonidan asos solingan deb tahmin qilinadi. Munitsipalitet Yuqori Sileziya davlat tarkibida 13-asr oxirida yirik aholi punktlaridan biri sanalgan. Lutyně haqida birinchi yozma maʼlumot 1305-yilda Vrotslav yeparxiyasining Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis deb nomlangan lotincha hujjatida Luthina nomi bilan yozilgan.

Siyosiy jihatdan qishloq dastlab Teschen gersogligiga tarkibida boʻlgan, lekin 1526-yildan keyin Gabsburg monarxiyasi tarkibiga kiritilgan.

Ulkan munitsipalitetlar keyinchalik XIV asrda ikki qardosh aholi punktlariga boʻlinadi. Dolni Lutyně oʻsha paytda asrlar davomida „nemis“ (Theutonicum), ikkinchisi esa „Polsha“ (Polonicum) nomi bilan mashhur boʻlgan. Hozirgi vaqtga kelib Orlovada Lutyně nomi bilan tanilgan. 1450-yilda ular birgalikda Lutynie utrumque Theutonicum et Polonicum sifatida tilga olingan.

Germaniyada Lutyné katolik cherkovining oʻrinbosariga aylanadi.1447-yilda Peter’s Pence (toʻgʻridan-toʻgʻri katolik cherkovlarga qilingan xayr-ehsonlar yoki toʻlovlar) roʻyxatida Teschen davlatidagi 50 ta cherkovlar orasida munitsipalitet Lutina nomi bilan qayd etilgan.

1700-yildan boshlab Lutine Taaffe graflarining mulki boʻlib, u yerda yozgi qarorgoh sifatida barokko uslubida qal’a qurdiradi. 1792-yilda munitsipalitet Lutine Moennich oilasi tomonidan sotib olinadi va munitsipalitetni iqtisodiy rivojlanishi uchun koʻmir qazib olishni yoʻlga qoʻyadi„Historie“ (in Czech). .

Birinchi jahon urush paytida, Polsha – Chexoslovakiya urushi va 1920-yildagi Cieszyn Silesiya shaharlari boʻlinishidan soʻng munitsipalitet Chexoslovakiya davlat tarkibiga kirgan. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Trans-Olza mintaqasi bilan birgalikda Polsha davlati tomonidan qoʻshib olinadi va maʼmuriy jihatdan Silesiya Voivodligining Frysztat okrugi tashkil etiladi. Keyinchalik, Ikkinchi jahon urushi boshida qishloq natsistlar tomonidan bosib olinadi. Urushdan keyin munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga qaytarildi.

Demografiyasi 2021-yilgimaʼlumotlarga koʻra polshaliklar umumiy aholining 3,7% tashkil etgan.

Transporti D1 avtomobil yoʻli shahar hududining shimoliy qismidan oʻtadi. Magistral yoʻlda Věřňovice (D1) / Gorzyczki orqali Polshaga olib boradigan avtomagistral yoʻlda chegara oʻtqazish punkti mavjud. Chesky Těšín dan Bohumingacha boʻlgan I/67 yoʻli munitsipalitet hududidan oʻtadi.

Dolní Lutyně Ostrava – Mosty Jablunkova va Petrovice Karviné – Mošnov temir yoʻl liniyalarida joylashgan.

Diqqatga sazovor joylari thumb| Ombor John the Baptist katolik cherkovi 1740-1746 yillarda barokko uslubida eski yogʻoch cherkov oʻrnida qurilgan. Yangi cherkovdan ham eskiroq boʻlgan Avliyo John Nepomuk haykali oʻrnatilgan asl cherkovning koʻrinishi saqlanib qolgan. Qoʻngʻiroq minorasida 15-asr oxiri yoki 16-asr boshlarida noyob Uygʻonish qoʻngʻirogʻi mavjud.

Tarixiy yodgorliklar qatorida 1805-yilda qurilgan omborxona ham saqlanib qolgan„Historie“ (in Czech). .

Sobiq barokko qal’asi faqat qisman saqlanib qolgan va hozirgi kunda cherkov tashlandiq holatga kelib qolgan„Historie“ (in Czech). .

Taniqli odamlar

Rudolf Paszek (1894-1969), polshalik oʻqituvchi va siyosatchi

Qardosh shaharlari Dolni Lutine egizaklar.

Godów, Poland Gorzyce, Poland Yana qarang

Životice (Havířov) Horní Suchá Lazy (Orlová) Louky (Karviná) Stonava

Manbalar

Havolalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Chexiya Turkum:Chexiya respublikasi aholi punktlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari