Aslanbek Yevdokimovich Dzitiyev (1982-yil, 27-avgust; Vladikavkaz) — rossiyalik taekvondochi, 67 va 68 kilogrammgacha vazn toifalarida musobaqalarda ishtirok etadi. Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Tarjimayi holi Aslanbek Dzitiyev 1982-yil 27-avgustda tugʻilgan. Faoliyati 1999-yilda yoshlar oʻrtasudagi musobaqada ishtirok etgan. Nikosiyada oʻtkazilgan Yevropa chempionatida 68 kilogramm vazn toifasida chempion chempionlikni qoʻlga kiritgan. Xuddi shu yili kattalar oʻrtasidagi musobaqada ham ishtirok etgan. Aslanbek Edmontonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida (67 kggacha vazn toifasida) va Stokgolmda boʻlib oʻtgan 2000-yilgi olimpiada oʻyinlariga saralash turnirida qatnashgan. Shvetsiyadagi, usobaqada Dzitiyev ikkinchi oʻrinni egallagan.
2000-yilda Aslanbek Xitoy Respublikasining Kaohsiung shahrida universitetlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Patradagi Yevropa chempionatida qatnashgan. Sidneyda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Rossiya terma jamoasi safiga qoʻshilgan. Birinchi davrada liviyalik Nizar Mohamed Nailini magʻlub etgan. Ammo keyin koreyalik Shin Jun Sikga 1:9 hisobida magʻlub boʻlgan. Koreyalik sportchi esa finala qadar yetib borgan. Oʻtish bosqichida Dzitiyev kelib chiqishii turkiyalik boʻlgan, Avstriya nomidan musobaqalarda ishtirok etgan Tuncay Çalışkanga yutqazib, bronza medali uchun kurashish imkonidan mahrum boʻlgan.
Dzitiyev Niderlandiyaning Woensdrecht shahrida boʻlib oʻtgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Bir yildan keyin AQShda oʻtkazilgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham qatnashgan. Ammo bu safar sovrindorlar qatoriga kira olmagan.
2003-yilda Degudagi universiadada ishtirok etgan. Chorak finalda ispaniyalik Aris Itxisoaga yutqazgan. va Garmisch-Partenkirchendagi jahon chempionatining birinchi davra bahslarida Yosvani Peresga magʻlub boʻlgan.
Sportdagi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Paralimpiyachilarga murabbiylik qiladi.
Manbalar
Turkum:Vladikavkazda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:27-avgustda tugʻilganlar