Hive (albancha: Zgjoi) – 2021-yilda Blerta Basholli rejissyorlik debyuti asnosida suratga olingan Kosovaning dramatik filmi. Filmda bosh rollarni Yllka Gashi, Çun Lajçi va Aurita Agushi ijro etgan. Uning premyerasi 2021-yil 31-yanvar kuni Sundans kinofestivalida boʻlib oʻtgan. Butunjahon dramatik kino tanlovida uchta asosiy mukofot – hakamlar hay’atining bosh mukofoti, tomoshabinlar mukofoti va rejissyorlik mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi film sifatida eʼtirof etilgan. Film 94-Oskar mukofotining eng yaxshi xalqaro toʻliq metrajli filmi nominatsiyasida Kosova nomidan qatnashuvchi film sifatida tanlangan.
Tavsifi Film 1998–1999-yillardagi Kosovo urushi paytida turmush oʻrtogʻi bedarak yoʻqolganidan soʻng tadbirkor boʻlish haqidagi orzulari bilan misoginist jamiyatning qarashlariga qarshi chiqqan Fahriye ismli ayolning real voqeliklarga asoslangan hikoyasini tasvirlagan. U oʻzi tayyorlagan ayvar va asalni sotishni boshlaydi, bu jarayonga boshqa ayollarni ham jalb qiladi.
Fahriyening turmush oʻrtogʻi Kosovodagi urushda bedarak yoʻqolgan. Shu bilan birgalikda, uning oilasi moddiy jihatdan ham qiynalayotgan edi. Ularni moddiy jihatdan taʼminlash maqsadida, Fahriye kichik qishloq xoʻjaligi biznesini yoʻlga qoʻyadi, lekin u yashaydigan anʼanaviy patriarxal qishloqda uning ambitsiyalari, hamda oʻzini va boshqa ayollarning ahvolini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlari ijobiy natija bermaydi. U nafaqat oilasini saqlab qolish uchun, balki uni muvaffaqiyatsizlikka uchratishga urinayotgan raqiblariga ham qarshi kurashadi.
Aktyorlar
Yllka Gashi Fahrije rolida Çun Lajçi Haxi rolida Aurita Agushi Zamira rolida Kumrije Hoxha Nazmiye rolida Adriana Matoshi Lume rolida Molikë Maxhuni Emine rolida Blerta Ismoiliy Edona rolida
Suratga olish Film Ikone Studio, Industria Film tomonidan ishlab chiqarilgan va AlbaSky Film, Alva Film va Black Cat Production bilan hamkorlikda keng ommaga taqdim etilgan.
Premyerasi Filmning jahon premyerasi 2021-yilgi Sundance kinofestivalida 2021-yil 31-yanvar sanasida Butunjahon dramatik kino tanlovi davomida boʻlib oʻtgan. 2021-yil 8-sentyabrda Zeitgeist Films va Kino Lorber filmni AQShda tarqatish huquqini qoʻlga kiritgan va uni 2021-yil 5-noyabrda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi kinoteatrlarda namoyish etishni boshlagan.
Qabul qilinishi Rotten Tomatoes koʻrib chiqish agregatori veb-saytida 75 nafar tanqidchilarning 100% sharhlari ijobiy, oʻrtacha reytingi 7,8/10 ni tashkil etgan. Veb-saytning konsensusida shunday deyilgan: „Yllka Gashining ajoyib faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan Hive filmida, tomoshabinlarni patriarxal jamiyatda oʻz taqdirini oʻzi belgilash uchun harakat qilgan bir ayolning faktlarga asoslangan izlanishi namoyish etiladi“.
Mukofotlanishi Mukofot Marosim sanasi Turkum Qabul qiluvchi(lar) Natija Sundance film festivali 2021-yil 3-fevral Tomoshabinlar mukofoti: Jahon kinosi dramatik Blerta Basholli Jahon kinosi hakamlar hay’atining bosh mukofoti: Dramatik Rejissyorlik mukofoti: Jahon kinosi dramatik
Yana qarang
Kosovoda kinomotografiya Eng yaxshi xalqaro badiiy film uchun 94-Oskar mukofotiga taqdim etilganlar roʻyxati Manbalar
Havolalar
Turkum:2021-yil filmlari Turkum:2021-yilgi dramatik filmlar Turkum:Kosova drama filmlari Turkum:Alban drama filmlari Turkum:Makedon drama filmlari Turkum:Shvetsariya drama filmlari Turkum:Sundans kinofestivalida mukofotga sazovor bo'lgan filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar