Irem Yaman (1995-yil 4-avgustda tugʻilgan) — turkiyalik taekvondochi. Yengil vazn toifasida taekvondo boʻyicha ikki karra jahon chempioni. Havaskor kikbokschi . 2021-yilda taekvondodagi faoliyatini yakunlagan.

Shaxsiy hayoti Yaman 1995-yilda tugʻilgan. Sakkiz yoshida taekvondo bilan shugʻullana boshlagan.

Anqaradagi Hacettepe universitetining jismoniy tarbiya va sport fakultetida tahsil olgan va shu universitetning taekvondo jamoasiga aʼzo boʻlgan. Bakalavr darajasini qoʻlga kiritgach, Konyadagi Selchuk universitetining sport fakultetida magistratura bosqichida oʻqishni davom ettirgan.

Sportdagi faoliyati

Kikboksing 2012-yilda Slovakiyaning Bratislava shahrida oʻtkazilgan kadetlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi kikboksing boʻyicha jahon chempionatida Irem yaman nronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyingi yili u Polshaning Krinitsa shahrida boʻlib oʻtgan kikboksing boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Yvropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Taekvondo Yaman 2014-yilda taekvondo boʻyicha xalqaro miqyosdagi turninrlarda debyut qilgan. 2014-yilda Avstriyaning Insbruk shahrida boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan taekvondochilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan. 2015-yilda Antaliyadagi Turkiya ochiq chempionatida yana bir oltin medalni qoʻlga kiritishga erishgan. Al-Uqsur (Misr), Xarkov (Ukraina) va Kishinyov (Moldova)dagi musobaqalarda muvaffaqiyatli yurishini davom ettirgan. 18 yoshida (2015-yilda) Rossiyaning Chelyabinsk shahrida boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatida gʻalaba qozongan.

2018-yilda 62 kg vazn toifasidagi taekvondo boʻyicha jahon reytingida 253,81 ball bilan birinchi oʻrinni egallagan.

Ayollar oʻrtasida taekvondo boʻyicha 62 kg vazn toifasidagi jahon chempioni Irem Yaman 2019-yil 19-may kuni Angliyaning Manchester shahrida oʻtkazilgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatida gʻalaba qozongan. Final uchrashuvida braziliyalik raqibi Caroline Santosni 21-7 hisobida magʻlub etgan. Shu tariqa, Yaman 2015-yilda qoʻlga kiritgan jahon chempionligi unvonini himoya qilgan va taekvondo boʻyicha ikki marotaba jahon chempionligini qoʻlga kiritgan ilk turkiyalik ayol sportchiga aylangan. Manbalar

Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik ayol taekvondochilar