Schlemm kanali - skleral venoz sinus deb ham ataladi, koʻz ichidagi dumaloq limfatik tomirdir. U koʻz oldingi kamerasidan koʻz ichi suyuqligini toʻplaydi va uni episkleral qon tomirlariga yetkazib beradi.
Tuzilishi Schlemm kanallari endoteliy bilan qoplangan naysimon tuzilma boʻlib, limfa tomirlariga oʻxshaydi. Kanalning ichki qismi koʻz ichi suyuqligiga eng yaqin qismda trabekulyar toʻr bilan qoplanadi va ushbu toʻr shaklida oldingi kameraga ochiladi. Bu koʻz ichi suyuqligini teskari harakatiga toʻsqinlik qiladi.
Taraqqiyoti Schlemm kanali aslida vena yoki skleral venoz sinus deb hisoblansa-da, kanal limfa tomirlariga oʻxshaydi. Fiziologik sharoitlarda kanal hech qachon qon bilan toʻlmaydi, chunki u arterial qon aylanishida ishtirok etmaydi. U koʻzning venoz endotelial hujayralarining limfatik endotelial hujayralarga oʻzgarishi natijasida rivojlanadi.
Kanalning bu rivojlanish morfogenezi limfangiogen oʻsish omillarining ingibirlanishiga sezgir. Kattalarda VEGFC (Vascular endothelial growth factor C) limfangiogen oʻsish omilini kiritilishi Schlemm kanalini kengaytirib, koʻz ichi bosimining pasayishiga olib kelgan.
Tajribada angiopoetin-1 va angiopoietin-2ning yoʻqligida Schlemm kanali va episkleral limfa tomirlari toʻliq rivojlana olmagan.
Funksiyasi thumb|Iridial burchakning kattalashtirilgan umumiy ko'rinishi. (Yuqori markazda "sinus venosus scleræ" avvalgi chegarasi belgilangan Schlemm kanali old kameradan koʻz ichi suyuqligini toʻplaydi. Uni kanalchalar orqali episkleral qon tomirlariga yetkazib beradiCassin, B. and Solomon, S. Dictionary of Eye Terminology. Gainesville, Florida: Triad Publishing Company, 1990..
Klinik ahamiyati
Kanaloplastika Kanaloplastika — bu koʻz ichi bosimining barqaror pasayishini taʼminlash maqsadida koʻzning tabiiy drenaj tizimini tiklash uchun oʻtkaziladigan amaliyot. Bunda mikrokateterlar oddiy va minimal invaziv usulda qoʻllanadi. Jarroh Schlemm kanaliga kirish uchun kichik kesma hosil qiladi. Mikrokateter Schlemm kanalini rangdor parda atrofida aylanib, asosiy drenaj kanalini va uning kichikroq kollektor kanallarini steril gelga oʻxshash viskoelastik materialni kiritish orqali kengaytiradi. Keyin kateter chiqarilib, kanal ichiga chok qoʻyiladi va mustahkamlanadi. Schlemm kanalini ochish orqali koʻz ichi bosimi kamayadi.
Lazerli trabekuloplastika Trabekuloplastika — bu trabekulyar toʻrda o'tkaziladigan plastik jarrohlik amaliyoti. Lazerli trabekuloplastika (LTP) — suyuqlikning chiqishini oshirish uchun rangdor parda ostiga yaqin joylashgan trabekulyar toʻrning joylarini kuydirish uchun lazer nurlarini qoʻllashni oʻz ichiga oladid. LTP turli xil ochiq burchakli glaukomalarni davolashda qoʻllanadi.
Lazerli trabekuloplastikaning ikki turi mavjud boʻlib, ular argon lazerli trabekuloplastika (ALT) va selektiv lazerli trabekuloplastika (SLT).
Nomidan maʼlumki, Argon lazerli trabekuloplastika trabekulyar toʻrda mayda kuyishlar hosil qilish uchun Argon lazeridan foydalanadi.
Selektiv lazerli trabekuloplastika — bu yangi texnologiya boʻlib, u lazer yordamida trabekulyar toʻr ichidagi maʼlum hujayralarni nishonga oladi va Argon lazerli trabekuloplastikaga qaraganda kamroq termal zarar keltiradi. SLT bemorlr uchun uzoq muddatli davo chorasi hisoblanadi„Review of Ophthalmology: SLT for Glaucoma Threapy“ Selective Laser Trabeculoplasty.
SLTda lazer trabekulyar tarmoqdagi melanotsitlarni tanlab nishonga olish uchun ishlatiladi. SLT funksiyalarining mexanizmi yaxshi tushunilmagan boʻlsa-da, u sinovlarda Argon lazerli trabekuloplastika kabi samarali ekanligi koʻrsatilgan. Biroq, SLT ancha past quvvatli lazer yordamida amalga oshirilganligi sababli, u trabekulyar toʻrning barcha tuzilmalariga (elektron mikroskopiya asosida) bir xil darajada taʼsir koʻrsatmaydi. Shuning uchun klinik tadqiqotlarda isbotlanmagan boʻlsa-da, dastlabki davolash effektlari yoʻqola boshlaganda, qayta davolash oʻtkazilishi mumkin.
Agar SLT muvaffaqiyatli boʻlsa, u trabekulyar to'rning pigmentli hujayralaridagi metabolik oʻzgarishlarni stimullaydi. Bu immunitet reaksiyasini keltirib chiqaradi, bu esa oʻz navbatida hujayra qayta rivojlanishidan toʻr kanalini/drenajini tozalaydi. Bu oldingi kameradan Schlemm kanaliga koʻproq ko'z ichi suyuqligi oqib oʻtishiga imkon beradi, koʻz ichi bosimini pasaytiradi va shuning uchun glaukoma yoki koʻz ichi bosimining oshishi tufayli koʻruv nervining yanada shikastlanishi xavfini kamaytiradi .
Angiopoetin yetishmovchiligi Tajribalarda Schlemm kanali va episkleral limfa tomirlari angiopoietin 1 va angiopoietin 2 yoʻqligida butunlay rivojlanmagan. Bu buftalmos va glaukomani keltirib chiqaradi.
Glaukoma Glaukoma koʻzdan ko'z ichi suyuqligining drenaji buzilishi bilan bogʻliq kasallik. Bu holat asosan Schlemm kanalining ichki yuzasida ko'z ichi suyuqligi oqimiga qarshilik yuzaga kelishi bilan bogʻliq.
Tarixi Schlemm kanali nemis anatomi Friedrich Schlemm (1795-1858) sharafiga nomlangan.
Yana qarang
Koʻz ichi bosimi Koʻz ichi gipertenziyasi
Manbalar
Havolalar
Diagram Diagram Turkum:Anatomiya Turkum:Oftalmologiya