thumb|Ahror Usmonov va ustozi Sherali Joʻrayev bilan Ahror Usmonov (21-iyun 1966-yil; Beshariq tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — Oʻzbekistonlik xonanda va bastakor.

Hayoti Ahror Usmonov 1966-yilning 21-iyun oyida Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida tavallud topgan. Otasi savdogar, onasi esa rus tili oʻqituvchisi boʻlgan. Oilada toʻngʻich farzand boʻlgan Usmonovni musiqaga qiziqishi, dastlab taʼlimi rus tilida olib boriladigan bolalar bogʻchasida uygʻongan. Otasi uni oʻrta maktabda 5-sinfda oʻqib yurgan paytida bolalar sanʼat va musiqa maktabiga olib boradi. U yerda 5 yil davomida qashqar rubob cholgʻusini oʻrganib, Fargʻona sanʼat bilim yurtiga oʻqishga kiradi va 4 yil davomida bu yerda tahsilini davom ettiradi. Soʻng Oʻzbekiston konservatoriyasida taʼlim oladi.

Shaxsiy hayoti Usmonov dastlab teleboshlovchi Aziza Usmonova bilan turmush quradi va 2 nafar o‘g‘il farzandli bo‘lgandan soʻng ajrashadi. Bundan soʻng esa Gulbahor Usmonova ismli ayol bilan turmush qurgan boʻlib, hozirda ularning 3 nafar farzandi bor.

Avtohalokat Xonanda 2016-yilning 22-iyun kuni yaqinlari bilan tog‘ga dam olish uchun ketayotganda avtohalokatga uchragan. Avtomobil xonanda Alijon Isaqovga tegishli boʻlib, uni Usmonovning umr yoʻldoshi Gulbahor Usmonova boshqarayotgan boʻlgan. Avtomobilda jami 7 kishi, Ahror Usmonov va rafiqasi, 3 qizi, shogirdi va xonanda Alijon Isaqov boʻlgan.

Halokatdan soʻng Usmonovning ahvoli ogʻirlashib, 10 kun komada yotgani haqida xabarlar chiqqan, lekin xonanda bularni rad etgan. Xonandaning tos suyagi singan va 3 oy davomida jiddiy davolanib, o‘rnidan qo‘zg‘almagan hamda bir yilgacha yurishga qiynalgan.

Ijodi Xonanda avtohalokatdan keyin sogʻligini tiklab olib, 2017-yilda Xalqlar doʻstligi saroyida oʻz konsertini bergan. +Qoʻshiqlar roʻyxatiYilNomiSheʼr muallifiBastakorIzoh2024Tuhmatda qolmasin odamzodYolgʻon yashamoqni bas qiling doʻstlarXusan EshmurodKetar bordurHaziniy XoʻqandiyAhror UsmonovAyrilmasinHaziniy XoʻqandiyAhror UsmonovBir yigitAhror UsmonovBobur armoniMahmud Toirov1997Ikki koʻzFozil qori Yosin oʻgʻli SobirovAbdusalom SoliyevBu qoʻshiq aslida Abdusalom Soliyevga tegishli ekanligini xonanda taʼkidlagan.Yolgʻondan kulsa doʻstAhror UsmonovAyrilsaSalomlar boʻlsinBeshariqOllohdan qaytsinOʻzingga shukrOʻzbekIzzat-hurmatMahtumquliFarishtangni yigʻlatmaIbodatDehqonimSen undayu, men bunda yolgʻizBozorchi qizDur tariqchaHali koʻp joylardaNavroʻz guliNe foydaOʻldirurOnam boʻladiOqqushginamOromijonimOychehra qizOʻzbekistonsanQayga ketding?Tugʻilgan kuningTurnalarYolgʻiz ayolYostiqlarZebosidanFargʻonamEtdingizTugar boʻldiUmrim meningSurma suribSitoroShifokorlarMuhabbatimKechalarHech kimDavra olingIshongandimJudo etmasinYangidanHalovatlarimKechib jonlarKelar emushKelinchakMaktub oldimMen oshiqmanSabr aylaQoʻyavering oʻynasinEy vujudKelarmu?NavroʻzdaSabolardanOnajonKoʻrdimMehrShamol sababSuvda sandiqAqling boʻlsaSiz uni odam demangAsl yorimNomardi kimdir?Sevgim meningPast adir qor saqlayolmasBekorMuhabbatning dunyosiBilmaysizmu?Men izlagan gul qayda?Biz qadrdonlarDoʻsti koʻpEy nigorimBizni bahor chorlar azizimDilbar parishonAsl kimligingniAyo doʻstimAyrilmaDogʻlareyAzaldan bor aqidaOtam

Manbalar

Havolalar Ahror Usmonovning Youtubedagi rasmiy kanali

Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar

__INDEKS__