Aleksey Barkalov (ukraincha Oleksіy Stepanovich Barkalov, ruscha Aleksey Stepanoviç Barkalov; 18-fevral 1946-yil — 9-sentyabr 2004-yil) — ukrainalik vaterpolochi. 1968, 1972, 1976 va 1980-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Sovet Ittifoqi jamoasi safida ikkita oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Faoliyati davomida terma jamoada 412 ta oʻyin oʻtkazgan. Mazkur natija suv polosi tarixidagi boshqa har qaysi sportchilardan koʻproqAleksey Barkalov ushel nepobejdennim — obituary in Russian. sovsport.ru (2004-10-19).. 1993-yilda uning nomi Xalqaro shon-shuhrat zaliga kiritilganALEXEI BARKALOV (URS) 1993 Honor Water Polo Player . ishof.org.
Tarjimai holi Barkalov Xarkov yaqinidagi Vvedenka qishlogʻida tugʻilgan va Xarkov politexnika institutini bitirgan. Suv polosidan basketbol va futbol bilan shugʻullangan. 1957-yildan boshlab „Dinamo Xarkov“ klubida suv polosi bilan shugʻullana boshlagan. 1971-yildan „Dinamo Kiyev“ klubi sharafini himoya qila boshlagan. 1976-yildan boshlab „Dynamo Kyiv“ safida oʻynovhi — murabbiy sifatida harakat qilgan. 1980-yilda faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Ukraina yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan. 1990-yildan 1994-yilgacha Yugoslaviyada ishlagan Novi Sad vaterpolo klubini boshqargan. Keyinchalik Ukrainaga qaytib kelib,1997-yildan 1999-yilgacha Ukraina suv polosi federatsiyasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Barkalov quyidagi mukofotlarni qoʻlga kiritgan: Doʻstlik ordeni (Rossiya), „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (III darajali) va shon-shuhrat ordeni (Ukraina).
Barkalov 1966-yilda Yevropa chempionati bronza medali sohibasi Lyudmila Khazieva bilan turmush qurgan. Ularning yagona oʻgʻli Dmitri ham vaterpolo bilan shugʻullangan. Lekin keyinchalik biznesga oʻtib ketgan. 2001-yilda 32 yoshida oʻldirilganBarkalov Aleksey Stepanovich (1946-2004) . sport-necropol.narod.ru. Ushbu fojia Barkalovning sogʻligiga salbiy taʼsir qilgan. Barkalov uch yildan soʻng, yaʼni 2004-yilda yurak xurujidan vafot etgan.
Manbalar
Turkum:Ukrainada vafot etganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari