Yaroslava Oleksiyivna Maguchix () — Ukrainalik yengil atletikachi. 2020-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlari bronza medalchisi, 2019 va 2023-yilgi jahon chempionatlari kumush medalchisi, 2023-yilgi jahon chempionatida oltin medal sohibasi, 2022-yilgi yopiq inshootlardagi jahon chempionati gʻolibasi va 2024-yilgi yopiq inshootlardagi jahon chempionati kumush medali sohibasi.
Brusselda oʻtkazilgan 2022-yilgi Brilliant liga musobaqasida Maguchix 2,05 metr balandlikka sakradi. Bu uning yaxshi rekordi hisoblanadi. 2021-yilda Yaroslava 2,06 m natija qayd etgan va yopiq inshootlardagi shaxsiy rekordini oʻrnatgan.
Faoliyati Yaroslava Maguchix 13 yoshida balandlikka sakrash bilan shugʻullana boshlagan. Ikki yil ichida sezilarli darajada oʻsishga erishgan. 15 yoshida Nayrobi shahrida boʻlib oʻtgan U18 jahon chempionatida oʻzining eng yaxshi natijasini koʻrsatgan (1,92 metr) va oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2003-yilda yurtdoshi Iryna Kovalenko tomonidan oʻrnatilgan chempionat rekordini 15 yoshida yangilagan va 15 yoshli qizlar oʻrtasida norasmiy rekordni oʻrnatgan. Bir necha hafta oʻtgach, Győr shahrida oʻtkazilgan Yevropa yoshlar olimpiya festivalining balandlikka sakrash musobaqasida 1,89 metr natija bilan gʻolib boʻlgan.
2018-yilda Yaroslava Maguchix U18 Yevropa chempionatida 1,94 metr natijani qayd etib, taʼqibchisini 10 smga ortda qoldirgan holda oltin medalni qoʻlga kiritgan va chempionat rekordini yangilagan. Oktyabr oyida Buenos-Ayresda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi olimpiya oʻyinlarida 3,87 metr balandlikka sakragan va oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ikkinchi urinishda 1,95 metrga muvaffaqiyatli sakrab, shaxsiy rekordini yangilagan. Bir yildan soʻng, Maguchix shaxsiy rekordini yana bir marta yangilagan (1.96 metr). Minskdagi yopiq inshootlarda oʻtkazilgan musobaqada eng yaxshi deb eʼtirof etilgan.
Manbalar
Turkum:Yengil atletika boʻyicha jahon chempionati gʻoliblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Ukraina sportchilari