Fozil odamlar shahri () — Abu Nasr Forobiyning oʻrta asrlar sharoitida birinchi boʻlib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida yozgan asari.

Mazmuni Ushbu asar ijtimoiy hayotning koʻp masalalari — davlatni boshqarish, taʼlim-tarbiya, axloq, maʼrifat, diniy eʼtiqod, urush va yarash, mehnat va boshqa mavzularni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari jamiyatning (insonlar jamoasi) kelib chiqishi, adolatli jamiyatga erishish yoʻllari, fozil shahar hokimi va aholisining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qoʻyish kabi masalalar bayon etiladi. Forobiy jamiyat (inson jamoasi)ning kelib chiqishi haqida quyidagicha yozadi:

Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolatga erishishining zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun insonlarni oʻzaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. Mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. Doimiy urushlar va bosqinchilikka asoslanuvchi jamiyatni adolatsiz, johil jamiyat sifatida qoralaydi.

Nashrlari Dastlab asar 1993-yilda “Abdulla Qodiriy” nomidagi xalq merosi nashriyotida, 2004-yilda “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida Abdusodiq Irisov, Mahkam Mahmud va Urfon Otajon tarjimasida asosida nashr etilgan. 2016-yilda esa “Yangi asr avlodi” nashriyotida qayta nashr etilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar Turkum:Tarixiy kitoblar Turkum:Oʻrta asr kitoblari