Kirsten Frances Oswald (1972-yil 21-dekabrda Xitoyda tugʻilgan) Shotlandiya milliy partiyasi (SNP) siyosatchisi. Oswald birinchi marta 2015-yilda Sharqiy Renfrewshir uchun Buyuk Britaniya parlamenti a'zosi (MP) etib saylandi; 2017-yilgi snap election saylov da lavozimidan boʻshatildi, ammo keyinchalik, 2019-yilgi saylov da qayta saylandi. Oswald 2020-yildan 2022-yilgacha SNP parlament partiyasi ning boshqaruvchisi, shuningdek, 2018-yildan 2023-yilgacha Shotlandiya milliy partiyasi raisi va biznes yigʻinlar tashkilotchisi sifatida xizmat qilgan.

2020-yil iyul oyida Oswald Westminsterda SNP rahbarining oʻrinbosari boʻldi, ammo 2022-yil dekabr oyida lavozimidan ketishini e'lon qildi. Oswald 2021-yil fevral oyidan beri xotin-qizlar va teng huquqlik uhun SNP vakili boʻlib kelgan.

Tarjimayi holi va ta'lim olishi Oswald Dundee shahrida tugʻilgan, hamda, uning otasi Ed Oswald onasi esa Helen boʻlgan. Onasi Helen Angus Kengashi ning rektori boʻlib xizmat qilgan. Oswald Carnoustie shahrida oʻsib, shu yerdagi Carnoustie oʻrta maktabida oʻqigan. U 1995-yilda Glasgow universitetida tarixni oʻrgandi, shuningdek, MA (Hons) sovrini bilan bitirgan.

Siyosiy faoliyati Oswald 2014-yilgi Shotlandiya mustaqilligi referendumida Shotlandiyaning Milliy partiyasida faol boʻlib, mahalliy Xotin-qizlar uchun mustaqillik guruhi qoʻmitasida xizmat qildi. Oswald mahalliy oziq-ovqat banki yigʻimlari uchun mas'ul edi.

2015-yil 30-yanvar kuni Oswald 2015-yilgi Sharqiy Renfrewshir umumiy saylov okrugida SNP nomzodi sifatida tanlanganligi ma'um qilindi. Siyosiy harakatlari davomida Oswald konservativ saylovchilariga Labour partiyasini magʻlub qilish uchun ularning qoʻllab-quvvatlashini soʻrab murojaat qilgani uchun tanqid qilindi.

Oswald 3 ming 718 ta ovoz bilan lavozimga ega boʻldi. Bu esa 18 yil oldin leyboristlar gʻalabasidan keyin bu lavozimni egallab turgan Shotlandiya Leyboristlar partiyasi rahbari Jim Murhyni lavozimidan chetlashtirdi hamda Murphy 2015-yil 13-iyun kuni Shotlandiya mehnat partiyasi rahbariyatidan iste’foga chiqdi .

2017-yilgi umumiy saylov da Oswald lavozimini 4,712 ta ovoz toʻplagan Pol Masterton ga boy berdi.

2018-yilda Oswald Shotlandiya hukumati ning moliya vaziri Derek Makay ning oʻrniga SNP raisi va biznes yigʻinlar tashkilotchisi etib saylandi.

Oswald 2019-yilgi umumiy saylov da Sharqiy Renfrewshir lavozimi uchun SNP tomonidan tanlandi,shu bilan birga u 5,426 ta ya'ni 9,8% ovoz bilan qayta saylandi.

2020-yil 7-iyul kuni Oswald Kirsty Blackman ning lavozimini egallab, Commons palatasida SNP rahbarining oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritdi.

2021-yilning may oyida Oswald oʻzining partiya gʻaznachisi sifatida unga taqdim etiladigan yordam va moliyaviy ma'lumotlar borasida hamkasbi Douglas Chapman bilan kelishmayotganini aytdi. Shotlandiya politsiyasi tomonidan tekshirilayotgan mustaqillik kengashining 600 ming funt sterlinglik "yoʻqolgan" mablagʻlari boʻyicha tergov boshlanganidan keyin Chapman lavozimidan voz kechgan edi.

Oswald bir necha bor Xitoy tomonidan qilingan kuchli bosimlar haqida Jamoatlar palatasida gapirgan. 2021-yil sentabrida uyg‘ur yetakchilari uni o‘z ishlarida muvofaqiyyatli bajargan ishlari uchun taqdirlashdi va Oswald Jahon uyg‘ur kongressi uni qo‘llab-quvvatlagani uchun ochiqchasiga minnatdorchilik bildirdi.

2022-yil iyun oyida Oswaldning hamkori Patrik Grady Westminsterdagi SNP a'zolari orasidagi yosh xodimaga tegajonlik qilgani aniqlandi va Commons palatasidan chetlatilgan. Gradyning jabrdiydasi shikoyat qilganidan keyin qilgan "bezorilik" ishdan chetlatilishidan ham yomonroq ekanligini aytdi va hamkasblariga elektron pochta orqali Grady partiyaning bunday shikoyatlarni koʻrib chiqishda "yaxshi tomonga oʻzgarishlar boʻlishiga ishonmasligini" aytdi. Iyul oyida Oswald jabrlanuvchiga elektron pochta orqali "bu siz uchun qiyin vaqt ekanligini sezayotganini" aytdi.

2022-yil 2-dekabr kuni Ian Blackford SNP Westminster ning rahbari lavozimidan ketishini e'lon qilganidan bir kun oʻtgach, Oswald oʻzining Westminster rahbarining oʻrinbosarligi lavozimidan ham ketishini eʼlon qildi. "Menga yangi rahbar va yangi oʻrinbosar kelishi oqilona koʻrinadi", dedi u.

2023-yil yanvar oyida Oswald "Oʻz boshini oʻchirib TERF" degan belgi oldida tabassum bilan suratga olinganidan hamda,Glasgowdagi namoyishda gilotin chizganidan soʻng ommaviy axborot vositalarining e'tiborini va tanqidlariga sabab boʻlgan bir qator Shotlandiya siyosatchilari orasida edi.

Oswald 2002-yilda Davinder Bedi bilan turmushga chiqdi; ularning ikkita oʻgʻli bor. Oila 2008-yilda Sharqiy Renfrewshir ga koʻchib oʻtdi. Bedi 2015-yilgi saylov kengashi davomida xotini uchun kengash tuzmadi va saylovdan keyin Shotlandiya ishchi kuchlariga qoʻshildi.

Oswald 2002-yil may oyidan 2015-yil may oygacha Janubiy Lanarkshire kollejidagi Inson resurslari boʻlimining boshligʻi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar