The Dark and the Wicked – 2020-yilda suratga olingan AQSh gʻayritabiiy qoʻrqinchli filmi. Uning muallifii va rejissyori Bryan Bertino boʻlib, filmda bosh rollarni Marin Ireland , Michael Abbott va Xander Berkeleylar ijro etgan. Ushbu film uzoq vaqtdan beri zaif otasiga gʻamxoʻrlik qilayotgan, onasi oʻz joniga qasd qilgandan soʻng, oilaviy fermalarida iblisga duch kelgan ikki opa-uka haqida.

Filmning jahon premyerasi 2020-yil 28-avgust kuni Fantasia xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtgan. Film 2020-yil 6-noyabrda RLJE Films tomonidan ommaga namoyish etilgan.

Rollarda

Suratga olish ishlari The Dark and the Wicked filmini suratga olish ishlari Texasda yozuvchi-rejissyor Bryan Bertinoning ota-onasiga tegishli fermada boʻlib oʻtgan.

Namoyish etilishi Filmning dunyo boʻylab premyerasi 2020-yil 28-avgust kuni Fantasia xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtgan. RLJE Films filmni namoyish qilish huquqini qoʻlga kiritgan va uni 2020-yil 6-noyabrdan kinoteatrda namoyish etilishini eʼlon qilgan. Dastlab uning xalqaropremyerasi 2020-yil aprel oyida Tribeca kinofestivalida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi, ammo festival COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan.

Qabul

Teatr kassalarida Film jahon prokatida 410 787 dollar daromadga ega boʻlgan.

Tanqidiy javob Rotten Tomatoes veb-saytida film 107 tanqidchi sharhiga asoslanib, 91% ijobiy reytingga ega boʻlib, oʻrtacha reyting 7.5/10 ni tashkil qilgan. Metacritic saytida 14 ta tanqidiy fikrlar asosida 100 balldan 72 ball olgan, bu „asosan ijobiy sharhlar“ni bildiradi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2020-yilgi Amerika filmlari Turkum:2020-yil filmlari Turkum:Dahshatli filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar