thumb| Ramazon hayitligini olgan bola, Bandar-Abbos, Eron Hayitlik () — Oʻrta Sharqda yashovchi arab va musulmon anʼanasi sifatida musulmonlarning asosiy ikki bayrami Roʻza hayiti va Qurbon hayitlarini nishonlash chogʻida kishilarning oila aʼzolari, yaqin qarindoshlari yoki qoʻni-qoʻshnilariga atab beradigan sovgʻa. Hayitlik sifatida, asosan, pul beriladi, bundan tashqari turli xildagi boshqa sovgʻa-salomlar ham ulashish mumkin.

Hayit chogʻida kichkina bolalar oilaning eng keksa aʼzolari oldida yoshiga qarab navbatga turishadi va ulardan oʻz sovgʻalarini yaʼni hayitliklarini olishadi.

Odatda, musulmonlar hayitlik sifatida quyidagilarni sovgʻalarni tuhfa qilishadi:

Oilaning katta yoshli aʼzolari tomonidan bolalarga pul; Turmush oʻrtoqlariga koʻpincha zargarlik buyumlari, kiyim-kechak, soat, parfyumeriya yoki pardoz buyumlari; Ota-onalar farzandlariga kiyim-kechak, poyabzal, oʻyinchoqlar, kitoblar yoki elektron jihozlar; Ota-onalar va qaynona-qaynotalar katta yoshli bolalarga kiyim-kechaklar yoki kosmetika vositalarini berishlari mumkin.

Musulmon anʼanalariga koʻra, 17 yoshga toʻlgan kishilar kichiklarga hayitlik berishi kerak.

Manbalar

Turkum:Hayit