Andrey Removich Belousov (; 1959-yil 17-mart, Moskva, RSFSR, SSRI) — rus davlat arbobi va iqtisodchisi. 2020-yil 21-yanvardan 2024-yil 7-maygacha Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari.

Bolaligi

Andrey Belousov 1959-yil 17-martda Moskvada iqtisodchi Rem Belousov va radiokimyogar Alisa Belousova oilasida tugʻilgan.

Otasi Rem Aleksandrovich Belousov iqtisodchi boʻlib, OAV maʼlumotlariga koʻra, narx va menejment sohasidagi sovet ilmiy maktabining asoschisi boʻlgan hamda „Kosigin“ islohotini tayyorlashda ishtirok etgan va keyinchalik SSRIning iqtisodiy tarixi oʻrganish bilan shugʻullangan. Onasi, Alisa Pavlovna (qizlik familiyasi Travnikova) radiokimyogar boʻlib, nodir elementlar kimyosini oʻrganish bilan shugʻullangan.

Yana qarang

Manbalar

Turkum:Davlat arboblari