Hoji Zufariy (1899-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik davlat arbobi.

Hayoti va mehnat faoliyati Hoji Zufariy Toshkent shahrida tikuvchi oilasida tavallud topgan. Maktab yoshiga yetgach, 1912—1915-yillarda yangi usuldagi maktabda oʻqigan. Bolalik davrida ota kasb tikuvchilikni otasi Mirhoji Zufariydan oʻrgangan. Yangi davrning shiddati bilan yoshlar uyushmasiga, keyinchalik firqaga aʼzo boʻldi. 1918—1919-yillarda harbiy mundirlar tikuvchilik korxonasida tikuvchi boʻlib ishlaydi.

1919—1921-yillarda iqtisodiy huquq shoʻbasi mudiri, eski shahar uyezd qoʻmitasida masʼul kotib, 1921-yil 15-iyundan 1922-yil oxirigacha esa Toshkent uyezd firqa qoʻmitasida masʼul rahbar boʻlib ishlaydi. 1923-yilda Toshkent mehnat shoʻbasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. 1924-yilda Fargʻona viloyati 2-harbiy diviziyasida maslahatchi vazifasida faoliyatini davom ettirgan.

Keyinchalik Toshkent vaqf shoʻbasi mudiri boʻlib ishlaydi. Qolaversa, oʻsha yerdagi faoliyati davrida aynan Hoji Zufariy, Munavvar Qori va Zahriddin Aʼlamlarning vaqf idorasidan qilgan yordami bilan Abdulla Qodiriyning Moskvada oʻqishi uchun harajatlarini oʻz zimmasiga olishganligi aytiladi.

1925-yil 21-martdan 1926-yil 21-maygacha Shahrisabzda uch oy tashkilot shoʻba mudiri hamda viloyat rahbari vazifalarida oʻz faoliyatini olib borgan. 1926-yil 23-iyundan 1927-yil 27-avgustgacha Qashqadaryo viloyat shoʻbasi mudiri sifatida faoliyat olib bordi. Keyinchalik Okrug ijroqoʻm tashkilot shoʻbasi mudiri muovini boʻlib faoliyat yuritgan. 1927—1928-yillarda SAKUda tahsil olgan.

1933-yilda Beshariq paxta fabrikasiga direktor sifatida ishga tayinlangan. 1936-yilda Fargʻonadagi „Upolkomzag“da ishlaydi. 1937-yil 1-yanvardan kommunal korxonalar boʻlimida mudir vazifasida xizmat koʻrsatgan. 14-maydan esa shahar obodonlashtirish boʻlimida mudir boʻlib ishlagan.

Sanʼat Sanʼatga boʻgan qiziqishi bois 1926-yilda „Qoʻmondon“ nomli 3 pardadan iborat pyesa yaratgan.

Ayblov 1937-yil 6-noyabrda NKVD hodimlari tomonidan qamoqqa olingan va 1938-yil 30-dekabrda 10 yil jazo muddati belgilanib, Sol'-Iletsk qamoqxonasiga yuborilgan.

Oʻlimi Taqdiri nomaʼlum.

Manbalar

Turkum:Qatagʻon qurbonlari Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar