Zunayra al-Rumiya (arabcha: زنيرة الرومية, rimlik Zunayra) – (baʼzi manbalarda Zinara yoki Zinayra nomlari bilan ham uchraydi, lekin Zunayra nomi bilan keng tarqalgan), Muhammad (s.a.v)ning ayol sahobiyalaridan biri boʻlgan. U Abu Bakr Siddiq ozod qilgan qullardan biri ham hisoblanadi.
Hayotlari Zunayra Banu Maxzumning urugʻiga tegishli kanizak boʻlgan. Soʻngra esa, Amr ibn Hishomning quli boʻlib xizmat qilganBiodata at MuslimScholars.info.
U Makkada Islomni birinchi boʻlib qabul qilganlardan edi. Islom dinini qabul qilganidan soʻng, Amr ibn Jahlning atrofidagi odamlar uni yangi dinidan voz kechishni soʻraganlar, ammo Zunayra oʻzinig qarorida sobit qolgan. Amr ibn Hishom uning Islom dinga kirganini bilgach, uni juda qattiq kaltaklagan.
Abu Bakr Siddiq u bilan birgalikda yana bir qul Lubaynani sotib olgan, soʻngra esa ularni ozod qilgan.
Islom dinini qabul qilganidan soʻng Zunayraning koʻzlari koʻrmay qolgan. Buning natijasida Quraysh qabilasi „Al-Lot va Al-Uzzo u Islom diniga kirganilgi uchun uning koʻzlaridan nurni olib qoʻydi“ deya vaj keltirshgan. Bunga nisbatan Zunayra: „Yoʻq, Allohga qasamki, sizlar yolgʻon gapiryabsizlar. Al-Lot yoki Al-Uzza na zarar, menga na shifo bera oladi va ular menga na azob bera olmaslar ham“ deya javob bergan.
Keyinroq uning koʻz nuri tiklangan, bu shifoni musulmonlar Alloh unga sinov berdi deb tushunganlar. Ammo keyinroq bunga nisbatan ham Quraysh qabilasi: „Bu Muhammadning sehrlaridan bir qismidir“, deya vaj keltirganlar.
Shuningdek qarang
Sahobalar
Tashqi havolalar
Biodata at MuslimScholars.info „زنيرة الرومية“
Manbalar
Turkum:Sahobalar Turkum:Arablar Turkum:Islom Turkum:Islom:Shaxslar Turkum:Arab boʻlmagan sahobalar Turkum:Ayol sahobalar