„Crazy Little Thing Called Love“ — „Queen“ rok-guruhining „The Game“ albomidagi qoʻshiq. Freddie Mercury tomonidan yozilgan. Qoʻshiq Rokabilli janrida yozilgan boʻlib, Mercury ushbu qoʻshiqni Elvis Presley uslubida ijro qilgan. Ushbu qoʻshiq singl formatda We Will Rock You qoʻshigʻi yozilgan plastinkaning B tomonida chiqarilgan.

Qoʻshiq haqida Ushbu qoʻshiq Freddie Mercury gitara chalgan yagona qoʻshiqdir. Qoʻshiqda u Martin D-18 gitarasidan foydalangan. Ammo gitara solosini Brian May ijro etadi, lekin oʻzining Red Special gitarasida emas, balki Roger Taylorning Fender Telecaster gitarasida. John Dikon Fender Precision Bass bas-gitarasida, Taylor boʻlsa Ludwig zarbli asboblarida oʻynagan.

Qoʻshiqni yozish atigi yarim soat (juda oz) vaqt talab qilgan. Ushbu davrda ular Myunxen shahrida, yangi albom ustida ishlayotgan edilar. Mercury qoʻshiqni yaratishi bilan uni guruhga koʻrsatgan. „Musical Studios“ studiyasida shu vaqtda Taylor va Dikon bor edi. Mercury bilan birgalikda ular oʻzining barcha vokal partiyalari va qoʻshiq musiqasini yozishgan. Keyinchalik studiyaga May kelgan. U oʻzining bek-vokal partiyasini va gitara solosini ijro etgan va qoʻshiq tayyor boʻlgan.

Kaver versiyalari Josh Kelley ushbu qoʻshiqni 2005-yilgi oʻzining Killer Queen: A tribute to Queen tribyut-albomi uchun kuylaydi. Diana Ross ushbu qoʻshiqni oʻzining I Love You albomi uchun Brian May bilan birga kuylagan. Maroon 5 guruhi oʻzining Hands All Over nomli albomi delyuks-versiyasi uchun ushbu qoʻshiqning akustik kaverini qoʻshgan.

Qiziqarli faktlar Mercury ushbu qoʻshiqni 10 daqiqada, vanna qabul qilayotgan paytida yozgan. Manbalar . Havolalar

Turkum:Queen guruhi qoʻshiqlari