Sofiya Mixaylovna Tarasova (; 2001-yil 31-mart, Kiyev) — ukrainalik qoʻshiqchi, Junior Eurovision Song Contest 2013 qoʻshiq tanlovida ikkinchi oʻrinni egallagan, New Wave Kids 2013 tanlovi va Sanremo Junior 2015 tanlovi gʻolibi. 2020-yildan boshlab SOFA taxallusi ostida konsert berib kelmoqda. VIA Gra guruhining sobiq solisti (2020—2022).

Hayoti 2001—2017: Karyerasining boshlanishi Sofiya Tarasova 2001-yil 31-martda Kiyevda tugʻilgan. 2 yoshida R. Glier nomidagi Kiyev musiqa akademiyasining iqtidorli bolalar guruhiga qabul qilingan. Sofiya oʻqishi davomida koʻplab Ukrainadagi tanlov va xalqaro musobaqalarda qatnashadi. left|thumb| Sofiya Tarasova Junior Eurovision 2013 finalida 2012-yilda Sofiya The Voice Kids Ukraina televizion loyihasida ishtirok etadi. Qoʻshiqchi Tina Karol jamoasida boʻlgan. Ammo Sofiya finalga chiqa olmaydi.

2013-yil avgust oyida u New Wave Kids 2013 festivalida gʻolib boʻladi. Bungacha 4 yil ketma-ket tanlovda qatnashgan.

„Junior Eurovision 2013“ tanlovining Ukraina milliy saralash bosqichida gʻoliblikni toʻrtinchi urinishda qoʻlga kiritgan, bu unga 2013-yil 30-noyabrda Kiyevda boʻlib oʻtgan tanlovning finalida mamlakat nomidan qatnashish imkoniyatini berdi. Junior Eurovision finalidan bir necha kun oldin Tarasova, jurnalistlar axborotiga koʻra, tomoq ogʻrigʻi bilan kasal boʻlib qoladi, bu esa uning chiqishiga taʼsir qiladi. Sofiya tanlovda maltalik Gaia Cauchiga yutqazib, 2-oʻrinni egallaydi.

2014-yilda „Deti Zemli“ qoʻshma xor tarkibida (xor oʻzida „Respublika KIDS“ maktab-studiyasi oʻquvchilari boʻlgan Open Kids guruhi va boshqa taniqli bolalardan tarkib topgan) „Mir bez voyni“ qoʻshigʻini yozadi.left|thumb| Sofiya Tarasova va Dima Bilan „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi 2015“da 2015-yilda Sofiya Italiyada boʻlib oʻtgan Sanremo Junior 2015 tanlovining Gran-prisini qoʻlga kiritadi. Tarasovaga gʻalabani simfonik orkestr joʻrligida ijro etgan „Please, Donʼt Make Me Love You“ qoʻshigʻi olib keldi.

2017-yilda qoʻshiqchi britaniyalik prodyuser Saymon Fuller Now United loyihasiga Rossiya vakillaridan biri sifatida taklif qilinadi. Los-Anjelesda Boot Campning tayyorgarlik bosqichida bir hafta oʻtkazgandan soʻng, Sofiya loyihada ishtirok etishdan bosh tortgan. Shuningdek, 2017-yilda Sofiya Timur Miroshnichenko va SOE bilan birgalikda UA: Birinchi kanalida „Yangi yil nuri“ teleshousi boshlovchisi boʻladi.

Sofiya Dima Bilan („Ne, olchi“, „Kogda rastayet led“), Timur Rodriges („Luchshe ne budet nokogda“), Filipp Kirkorov („Radost moya“), Ani Lorak („Oranjeviye sni“) , Nyusha („Voyu na lunu“) bilan duet ijro etgan.

2018-yildan hozirgacha 2018-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Oʻsha yili Sofiya „Golos-7“ rus telekoʻrsatuvining ishtirokchisi boʻlgan va saralash bosqichida Uitni Xyustonning „I’m Your Baby Tonight“ qoʻshigʻini ijro etgandi. Bosqichdan oʻtgan Tarasova Konstantin Meladze jamoasini tanlaydi. Ammo yarim finalda magʻlubiyatga uchragan.

Soʻngra SOFA taxallusi ostida chiqish qilishni boshladi va Mi stoim u vodi", „Kiev-Moskva“, „Xarizma“ singllarini chiqardi.

Yana „Ne obijay menya“ singli va „Oduvanchikov pole“ duet singlini va „Tvores“ EP albomini chiqargan.

6-noyabr kuni Tarasova Ukrainaning „VIA Gra“ estrada guruhiga qoʻshilganligi maʼlum boʻladi.

2023-yil 30-mart kuni Sofiya Tarasova oʻzining Instagram akkauntida Germaniyada yakkaxon karyerasini boshlaganini eʼlon qiladi.

Mukofotlari 2012 The Voice Kids Ukraina ishtirokchisi 2013 New Wave Kids tanlovida I oʻrinni egallagan „Junior Eurovision 2013“ tanlovida II oʻrinni egallagan 2015 „Sanremo Junior 2015“ tanlovi gran-pri sohibi „Buduщee natsii“ („Millat keljagi“) „Nadejda tisyacheletiya“ („Mingyillik umidi“) Diskografiyasi Yakkaxon singllari YilNomi 2012 Jittєviy pazl2013 We Are One Zmіniti vse Bryunetki krashe 2014 Ver mne2015 Vosmoe chudo Neba dojdiSestra2016Letet visokoForever YoungDoshi 2018 Leave Me Alone2019Mi stoim u vodiKiyev — Moskva2020XarizmaNe obijay menyaOduvanchikov pole (feat. MARUSHOVA) 2023Pochemu ya? (feat. Konstantin Meladze)

Yakkaxon albomlari YilNomiSanaQoʻshiqlar2020Tvores (EP)21 avgusta 2020 Intro Tropu ne viju Gordosti poroki Na dvoix Kopiya menya Rodnoy

Videokliplari 2014 — Ver mne 2014 — We Are One 2014 — Zmіniti vse 2016 — Letet visoko 2019 — Mi stoim u vodi 2019 — Kiyev — Moskva 2020 — Xarizma 2020 — Ne obijay menya

VIA Gra guruhi tarkibidagi singllari YilNomi2020Rikoshet2021Antigeysha 2021Rodnikovaya vodaManeken

VIA Gra guruhi tarkibidagi videokliplari 2020 — Rikoshet 2021 — Maneken Qoʻshma loyihalar Yil Nomi Chartlar MDH[A] TopHitWeeklyGeneral TopHitWeeklyAudienceChoice 2015 „Mir bez voyni“ <small> „Deti Zemli“ 313 283 [A] Chartlar Rossiyadagi 200 ta radiostansiya, shuningdek, butun dunyo boʻylab 230 ta rus tilidagi radiostansiyalar (Ukraina, MDHning boshqa mamlakatlari, Boltiqboʻyi, Kipr, Isroil, Germaniya, AQSh va Kanadagi radiostansiyalar) maʼlumotlari asosida tuzilgan.

Manbalar

Turkum:Kiyevda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:31-martda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar