Jaqsiliq Ushkempirov (; 6-may 1951-yil — 2 avgust 2020-yil) — qozogʻistonlik Yunon-rum kurashchisi. 1980-yilda olimpiya oʻyinlari oltin medali va 1981-yilda jahon chempionati medalini qoʻlga kiritgan.

Ushkempirov 1969-yilda kurash bilan shugʻullanib boshlagan. „Qayrat“ (Semipalatinsk) (1972-1975), „Qayrat“ (Olma-Ota) (1975-1982) klublari sharafini himoya qilgan. Jahon chempioni (1981), Jahon kubogining kumush medali sohibi (1982), Yevropa chempionatining kumush medali sohibi (1980)International Federation of Associated Wrestling Styles, ikki karra SSSR chempioni (1975, 1980), SSSR chempionatining kumush medali sohibi (1978, 1979), SSSR chempionatining bronza medali sohibi (1973, 1977), SSSR xalqlari spartakiadasi chempioni. Sportchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, 1984—1993 yillarda Olmaotada sport maktabi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

1993-yilda „Jaqsiliq“ sport klubini tashkil etgan. 2001-yildan Olmaotada uning sharafiga har yili oʻsmirlar oʻrtasida kurash musobaqalari oʻtkazilib kelinadi. 1984-yildan Jaqsiliq Ushkempirov sovrini uchun yoshlar oʻrtasidagi turnir oʻtkazila boshlangan. Bu turnir 2016-yildan xalqaro maqomga ega boʻlgan.

1974—1984-yillarda Jaqsiliq Ushkempirov Qozogʻiston SSR davlat sport qoʻmitasida instruktor sifatida faoliyat yuritgan.

Olmaotada yashagan. Chorvachilik bilan shugʻullangan.

2020-yil 2-avgust kuni 69 yoshida virusli pnevmoniya sababli vafot etgan.

Xotirasi 2019-yilda Jaqsiliq Ushkempirov hayoti haqida „Jaqsiliq“ nomli uzun metrajli film suratga olingan. Ushkempirovning yoshlik va oʻsmirlik davri mos ravishda Elnar Nazarkul va Sanurzhan Sulaimenov tomonidan ijro etilgan. 60 yoshlik payti esa Doszhan Zhanbotayev tomonidan ijro etilgan.

Nur-Sultondagi Jang sanʼati saroyi Jaqsiliq Ushkempirov sharafiga nomlangan.

2021-yil 8-sentabr kuni uning sharafiga haykal oʻrnatilgan.

Manbalar

Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:1951-yilda tugʻilganlar