Rasul Beglerbekov 1979-yil 23-avgustda Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumanida tugʻilgan. Oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Biografiyasi Rasul Beglerbekov 1979-yil 23-avgustda Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumanida tugʻilgan. 1999-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining Amaliy matematika va informatika taʼlim yunalishi bakalavrini tugatib, 2001-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining Matematik tahlil mutaxassisligi boʻyicha magistrantini tamomlagan. Mehnat faoliyati 2001-2003-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetining Amaliy matematika va informatika kafedrasi assistenti lavozimida boshlagan. 2003-2006-yillarda Nukus pedagogika instituti Umumiy matematika kafedrasi assistenti. 2006-2008-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti. 2008-2009-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetining Amaliy matematika va informatika kafedrasi assistenti. 2011-2023-yillarda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo kafedrasida katta oʻqituvchi. 2024-yildan esa Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilimiy ishlari Modified Stages of Algorithms for Computing Estimates in the Space of Informative Features TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI Tashkent state transport university Havolalar YouTube Kafedra sahifasi Scholar Google havolasi. Researchgate havolasi Scopus havolasi
Manbalar