Jamil Miryusif oʻgʻli Mufidzade (, 1934-yil 24-fevral — 2019-yil 20-dekabr) — ozarbayjonlik rassom. U shuningdek, Ozarbayjon xalq artisti (2002) hamdir.
Hayoti Jamil Mufidzoda 1934-yil 24-fevralda Ordubad shahrida tugʻilgan. 1948-1955-yillarda Azim Azimzoda nomidagi Boku rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. Keyinchalik rassom 1955-1956-yillarda Ukrainadagi Kiyev oʻrta rassomlik maktabini, 1959-1962-yillarda Xarkov davlat rassomlik institutining grafika fakultetini tamomlagan.
Ozarbayjon Davlat Tasviriy sanʼat Akademiyasining grafika boʻlimini boshqargan Jamil Mufidzoda „Etching“ darsligi muallifi hisoblanadi.
Xalq rassomining shaxsiy koʻrgazmalari Polsha (1972), Ozarbayjon (1977, 1985, 1986, 1994, 2006, 2009), Rossiya (1977), Eron (1992, 2003), Fransiya (1991) va Turkiyada (1998) tashkil etilgan. Jamil Mufidzoda asarlari Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyi, Ozarbayjon Davlat sanʼat galereyasi, Sharq xalqlari davlat muzeyi, Gorkiy muzeyi, Lyudvig muzeyi, Zanabazar tasviriy sanʼat muzeyi, Fransiya va boshqa mamlakatlarning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanmoqda.
Rassom 2019-yil 20-dekabr kuni Bokuda vafot etgan.
Faoliyati Rassom tomonidan yaratilgan „Doğma düzənlər“ (Vatan manzaralari) turkum gʻoyalari 1959-yilda Ozarbayjon adabiyoti va sanʼati oʻn kunligi doirasida Moskvada oʻtkazilgan tasviriy sanʼat koʻrgazmasida namoyish etilgan. 1961-yilda III Butunittifoq koʻrgazmasida (Moskva) „Qaldırıcı kranlar təmirdə“ (Taʼmirdagi yuk koʻtaruvchi kranlar) oʻymakorlik ishi bilan ishtirok etgan.
1967-yilda Bokuda tashkil etilgan milliy koʻrgazmada „Azərbaycanın qədim memarlıq abidələri“ (Ozarbayjonning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari) nomi ostida uning dastlabki 4 ta aralash ishi namoyish etilgan. Jamil Mufidzodaning aralash suratlardan tarkib topgan „Abşeron nefti“ (Absheron nefti) turkumi 1967-1975-yillarda chizilgan suratlarni qamrab oladi. Bu turkumga misol tariqasida „Bakı-neft paytaxtıdır“ (Boku — neft poytaxti), „Abşeron nefti“ (Absheron nefti), „Çənlər parkı“ (Tank parki), aralash surat materiallariga esa „Neft ehramı“ (Neft piramidasi), „Neft saxlancı“ (Neft ombori), „Neft mədənlərində“ (Neft konlarida) kabilarni keltirish mumkin.
Mukofotlari
Ozarbayjon xalq artisti — 2002-yil 30-may Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan artist — 1982-yil 1-dekabr Manbalar
Turkum:Ozarbayjon rassomlari Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:1934-yilda tugʻilganlar Turkum:Ordubadlik kishilar Turkum:Ozarbayjon xalq artistlari Turkum:Ozarbayjon SSRda xizmat ko‘rsatgan artistlar