„Chantrimore“ () — yozuvchi Erkin Aʼzamning „Anoyining jaydari olmasi“ hikoyasi asosida suratga olingan badiiy film. Film Komil Yormatov nomidagi „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining mahsulotidir. U „SVEMA“ plyonkasida suratga olingan.

Tarixi Film 1990-yil suratga olingan boʻlib, „Buyuk ipak yoʻli“ metro bekatining avvalgi koʻrinishi va uning atrofidagi kadrlarda koʻkalamzorlik koʻzga yaqqol tashlanib turishi bilan ham qadrli ekani aytiladi.

Mavzusi Filmda Toshkentga oʻqishga kirgan doʻstini qidirib kelgan sinfdosh doʻst — Ramazonning boshidan kechirgan sarguzashtlari tasvirlangan. U oʻz sarguzashtlari mobaynida Toshkentda oʻqiyotgan talaba doʻstining ancha oʻzgarganini, endi u qishloqdagi sodda va samimiy sinfdosh emasligini, balki asta-sekin kibrga berilib borayotgan talaba ekanligini guvohi boʻladi. Filmning ramziy sahnalaridan birida, Kamron bolalik doʻstining „Chantrimore“ deb baqirganiga javoban „Kalamakatore“ deb javob qaytarish odati bor edi. Film oxirlarida doʻstiga qattiq gapirgan Kamron, uning „Chantrimore“ hayqirigʻiga javob qaytarmaydi. Kamronning oʻz xatosidan pushaymon boʻlishi bilan film yakunlanadi.

Soundtracklari Yulduz Usmonova tomonidan kuylangan „Doʻstga zor“ qoʻshigʻi filmning oʻziga xos ramziga aylangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Oʻzbekiston SSR filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar