Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR; , ) — Shimoli-sharqiy osiyoda, SSSR bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida joylashgan davlatdir. Maydoni 1 million 531 ming kvadrat kilometr. Aholisi 1 million kishi. Aholining asosiy qismini mo‘g‘ullar tashkil qiladi. Tabiati Mongoliya dengiz sathidan ancha baland, tog‘li va sahroli mamlakatdir. Uning past tekisliklari yo‘q. Okeandan uzoqda joylashganligi uchun nam havolar yetib kelmaydi, yog‘in miqdori kam. Yezda juda issiq, qishda sovuq bo‘ladi. Tarixi Mongoliya XVII asrdan XX asr boshigacha manjur bosqinchi qabilalarining, 1911-yildan 1921-yilgacha esa yapon-xitoy bosqinchilarining qo‘l ostida bo‘ldi. 1921-yilda Mongoliyada muvaqqat xalq hukumati tuzildi. 1924-yilda monarxiya tugatilib, Mongoliya Xalq Respublikasi deb eʼlon qilindi. Shundan keyin Mo‘g‘uliston demokratik taraqqiyot yo‘lidan borib, mamlakatdagi feodal qonunlarini tugatdi va kapitalistik mamlakatlarga qaramlikdan qutuldi. Kapitalistik davrni o‘z boshidan kechirmasdan to‘ppa-to‘g‘ri sotsialistik taraqqiyot yo‘liga kirgan.
Mo‘g‘ul xalqining mamlakatda sotsializm qurish uchun kurashida Sovet Ittifoqi juda katta va moliyaviy yordam berdi. SSSR bilan MXR o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro yordamlashish shartnomalari; iqtisodiy va madaniy hamkorlik haqidagi hujjatlar imzolangan.
Mamlakatda ishsizlik 90 foiz tugatildi. Ishlarning ish haqlari yil sayin oshib, turmush darajalari yaxshilandi. Sanoati MXR — agrar-industrial mamlakat edi. Asrlar mobaynida hukm surgan feodal tartiblar mamlakat xo‘jaligini tushkunlikka tushirgan edi. 1921-yilgi xalq inqilobidan keyingina xo‘jalik tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi.
MXR xo‘jaligi 2 sektordan sotsialistik sektor va mayda tovar xo‘jaligidan iborat edi: sotsialistik sektorga: yer, suv, o‘rmon, yer osti qazilma boyliklari, kon, fabrika, zavod, transport, aloqa ishlari, bank, yilqichilik, beda o‘rish stansiyalari, davlat xo‘jaliklari, yaʼni umumxalq, davlat mulki kirar edi. Shuningdek, kooperativ mulk matlubot kooperatsiyasi, qishloq xo‘jalik birlashmalari, savdo kooperatsiyasi ham sotsialistik sektorda edi.
Mayda tovar xo‘jaligi sektori asosan o‘rta hol chorvadorlar (aratlar)dan iborat bo‘lib, ular o‘z mehnati bilan kun kechirar edilar.
Mamlakat aholisining 75 foizi qishloq xo‘jaligida band edi. Qishloq xo‘jaligining eng asosiy tarmog‘i chorvachilik edi.
Mongoliyada tog‘-kon sanoati rivojlanib, toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, marganes, qalayi, mis, oltin va tuz konlariga boydir. Barcha viloyat markazlarida elektrostansiyalar bor boʻlgan. Ulan-Batorda charm buyumlar, poyafzal va yung mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik sanoat kombinatlari bor edi. Cho‘yan eritish va mexanika zavodi mavjud edi. Shuningdek, shaharda oziq-ovqat sanoati ham rivojlandi. Jun tozalash korxonalari, kun zavodlari, go‘sht kombinatlari, 300 ga yaqin yogʻ zavodi va 1500 ta separator punktlari ishlab turgan.
Chetga chorva mollari, go‘sht, jun, mol yog‘i va mo‘yna chiqarar edi. Chetdan avtomashinalar, qishloq xo‘jalik mashinalari, turli sanoat uskunalari va dori-darmon keltirar edi.
O‘qish yoshidagi barcha bolalar boshlang‘ich va o‘rta maktablarga jalb qilingan edi. Mamlakatda 15 texnikum, 4 oliy o‘quv yurti va Ulan-Batorda esa davlat universiteti bor boʻlgan. Davlat tuzumi Mongoliya Xalq Respublikasi sotsialistik davlat bo‘lib, butun hokimiyat dehqon qatlami qoʻlida edi.
Davlat hokimiyatining yuqori organi Buyuk xalq xurali. Oliy ijroiya organi Vazirlar Kengashidir.
Mongoliya xalq inqilobiy partiyasi ishchilarning ilg‘or va yo‘lboshchi otryadidir.
MXR 15 mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. 1961-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilingan. Manba
Turkum:Osiyo davlatlari Turkum:Davlatlar