Usmon Taka raqsi (; ) Albaniya va Gretsiyadagi anʼanaviy raqs. Albaniyada asosan Cham albanlari bu raqsga tushadi. Bu raqs 19-asrda Usmonli qoʻshinlariga qarshi kurashgan musulmon Cham alban partizan jangchisi Usmon Taka nomi bilan atalgan. Bu qadimgi „Çamche“ raqsining Albaniya Cham repertuaridan mashhur variantidir "In the case of a dance known in Southern Albania as "dance of Osman Taka" and in northern Greece as "Tsamiko. "... Footnote " In some parts of northern Greece also termed "Osman Taka" and Samantaka."; p. 375..

Tarixi

Usmon Taka Yanina shahrida qamoqqa olingan va oʻlimga hukm qilingan. Undan soʻnggi tilagini aytishni soʻrashganda, u raqsga tushmoqchiligini aytgan. Xalq anʼanalariga koʻra, uning raqsi shunchalik goʻzal ediki, Usmonli armiyasining mahalliy alban jandarmlari uni qatl qilmadilar. Bir necha kun oʻtgach, u yana Usmonli hukumatiga qarshi kurashda Konispolda qoʻlga olindi va oʻldirildiAnamali, Skënder and Prifti, Kristaq. Historia e popullit shqiptar në katër vëllime. Botimet Toena, 2002, ..

Ijro etilishi

Raqs raqqosaning „harakati, uslubi va nafisligi“ ga urg'u berib, qattiq tempga amal qiladi.

Manbalar

Turkum:Alban xalq raqslari Turkum:Yunon raqslari