Google Cloud Platform (GCP) – Google tomonidan taqdim etilgan bulutli hisoblash xizmatlari toʻplami boʻlib, foydalanuvchilarga hisoblash, maʼlumotlarni saqlash, maʼlumotlar tahlili va sunʼiy idrok kabi modulli bulut xizmatlarini, shuningdek, turli boshqaruv vositalarini taklif etadi. GCP, Googlening ichki mahsulotlari, jumladan, Google Search, Gmail va Google Docs kabi foydalanuvchi mahsulotlari uchun ishlatiladigan infratuzilma asosida ishlaydi. Roʻyxatdan oʻtish uchun kredit kartasi yoki bank hisob qaydnomasiga ega boʻlish talab etiladi.
GCP xizmat sifatida infratuzilma (IaaS), platforma sifatida xizmat (PaaS) va serverlarsiz hisoblash muhitlarini oʻz ichiga oladi.
2008-yilning aprelida Google, oʻzi tomonidan boshqariluvchi axborot markazlarida veb-ilovalarni ishlab chiqish va joylashtirish imkonini beruvchi App Engine platformasini eʼlon qildi va 2011-yilda ommaga taqdim qildi. App Engine platformasining eʼlon qilinishi, GCPga bir qator yangi bulutli xizmatlarning qoʻshilishiga olib keldi.
Manbalar
Turkum:Google xizmatlari