Jethro Tull (; 30-mart 1674-yilda choʻqintirilgan – 21-fevral 1741-yilda vafot etgan) – XVIII asrdagi Britaniya dehqonlar inqilobi yuzaga kelishiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshgan ingliz agronomi. 1701-yilda qoʻshilgan otlar koʻmagida mukammallashtirilgan seyalkani ixtiro qilgan, keyinchalik esa mashinaga omoch dastgohini ham ulagan. Tull usullari koʻplab yer egalari tomonidan qabul qilingan va zamonaviy qishloq xoʻjaligining asosini yaratishga yordam bergan.

Tarjimai holi Manbalarga koʻra, olim janob Jethro Tull va Dorothy () xonimlar oilasida, Basildon okrugida tavallud topgan. 1674-yil 30-martda mahalliy cherkovda choʻqintirilgan. Berkshiredagi Bredfield okrugida oʻsib ulgʻaygan, 17 yoshida Oksfordda joylashgan Avliyo John kollejiga oʻqishga kirgan. Oliygohda advokatlik boʻyicha tahsil olgan, biroq, diplomni qoʻlga kirita olmagan. Staple Inn jamiyati aʼzosi sifatida 1693-yil 11-dekabrda Gray’s Inn bencherlar tomonidan barga taklif etiladi"Tull Jethro" in: The Farmer’s Encyclopædia, and Dictionary of Rural Affairs, by Cuthbert W. Johnson, 1844, pp. 1056–1057..

Agronom Burton Dassett shahridan boʻlgan Susanna Smith () bilan turmush qurgan. Ular Crowmarsh Gifford okrugi yaqinidagi Howberry qishlogʻida joylashgan, otasiga tegishli boʻlgan fermada yashay boshlashgan. Ularning bir oʻgʻil va ikki qiz farzandlari bor edi.

Manbalar

Havolalar

Jethro Tull, BBC, Tarix Jethro Tull berkshirehistory.comda

Turkum:1741-yilda vafot etganlar Turkum:1674-yilda tugʻilganlar Turkum:Agronomlar Turkum:Ingliz olimlari