Jamol Abdunnosir masjidi () – Qohiradagi masjid. Masjid Jamol Abdunnosir maqbarasi joylashgani bilan mashhur.
U Al-Qubba tumanida joylashgan va shuning uchun koʻpincha „Al-Qubba masjidi“ deb ham ataladi. Mudofaa va harbiy ishlab chiqarish vazirligi binosi hamda Ayn Shams universiteti kampusi yaqinida joylashgan. Masjidning qurilishi 1962-yilda Al-Qubba fuqarolarining xayr-ehsoni bilan boshlangan. 1965-yilda Nosir qurilishni yakunlash uchun xarajatlarni moliyalashtirish va zamonaviy arab arxitektura uslubini qoʻllagan dizaynni nazorat qilishni buyurdi. Qurilish qiymati 300 000 Misr funtiga yetdiبتحب عبد الناصر؟.. طبعا.. زرت „الضريح“؟.. لسه .. يبقى مابتحبوش. Elwatan News. Retrieved January 11, 2018.. Masjidda bir qancha ijtimoiy tadbirlar, jumladan, Qurʼon oʻrganish, yetim qizlarni oʻqitish, tibbiy poliklinika kabi tadbirlar oʻtkaziladiMasjid Jamal 'Abd al-Nasir . Archnet. Retrieved January 11, 2018..
Yana qarang
Masjidlar roʻyxati Afrikadagi masjidlar roʻyxati Misrdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:20-asrda Misrdagi diniy binolar va inshootlar Turkum:Qohiradagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:1965-yilda qurib bitkazilgan masjidlar