Oʻrta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi – Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan, Axborot texnologiyalari, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi. Muassasa 435 oʻringa moʻljallangan.
Ochilish tarixi 2009-yilda O'rta Chirchiq axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji sifatida malakali ishchi kadrlar tayyorlab berish uchun tashkil etilgan. Toshkent viloyati hokimyati oʻrta-maxsus, kasb- hunar taʼlimi boshqarmasi 12-mart 2007-yil 87-sonli buyrugʻi bilan kasb-hunar kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi „Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi 204-sonli qarorning birinchi bandi, 2003-yil 29 -oktabrdagi „Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashiga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida“gi 473-sonli qarorlarini bajarish maqsadida hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 2009-yil 7-martdagi 34 -sonli buyrugʻi asosida tashkil etildi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5812 Farmoni bilan O‘rta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi tashkil etilgan. Bino tavsifi
Kasb-hunar maktabida 14 ta oʻquv xonasi, 9 ta oʻquv ustaxonasi, binolar soni 2 ta, sport zali, , siyosiy va badiiy adabiyotlarga ega axborot kutubxona markazi, 30 oʻrinli oʻquv zali, 120 oʻrinli faollar zali, 4 ta kompyuter xonasi va 30 oʻrinli oshxona mavjud. Taʼlim muassasasida 750 nafardan ortiq oʻquvchi tahsil oladi.
Yoʻnalishlari kunduzgi taʼlim, muddati 2 yil dual taʼlim, muddati 2 yil Manzil: Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani, Xalqobod MFY, Inb Sino koʻchasi 17-uy Tayyorlaydigan kasblar 30610201 - Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi 30610101 - Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi 30720707 - Tikuvchi 30810101 - Qishloq xo‘jaligi mashinalarini ta’mirlash chilangari 30710401-Eletromontyor 31020201-Qutqaruvchi 31030101-O't o'chiruvchi 30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 30720412 - Mebel ishlab chiqarish (dual)
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi maktablar Turkum:2019-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Oʻrta Chirchiq tumani